Sugʻorish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 2:
'''Sugʻorish''', irrigatsiya — tuproqni manbalardan olingan suv bilan sunʼiy namlash, melioratsiyannng bir turi. Sug'orish tuproqning oʻsimlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa oʻsimliklarning tuproqdan oziq moddalar — mineral va organik oʻgʻitlarni oʻzlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan yuqori hosil olishni taʼminlaydi. Sug'orish yer hosildorligini sugʻorilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8—10 marta oshiradi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xoʻjaligi qurilishiga va yerlarni meliorativ oʻzlashtirishga sarflangan kapital mablagʻlarning tez (3—5 yil ichida) qoplanishini taʼminlaydi.
 
Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Rossiya, Yaponiya, Misr (ekin ekiladigan hamma maydoni sugʻoriladi)da, AQSH, Meksika, Italiya, Bolgariya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda sugʻoriladigan yerlar 20-asrda ayniqsa tez kengayib bordi, yirik sugʻorish sistemalari barpo etildi. 20-asrning 50y.larida dunyoda sugʻoriladigan jami yer maydoni 121 mln.ga, 80y.larda 230 mln.ga dan koʻproqni, 20-asr oxirida 271,4 mln.ga ni tashkil etdi. Osiyoda 191,2, Shim.Shimoliy Amerikada 30,4, Yevropada 24,6, Afrikada 12,5, Avstraliyada 2,4 mln. ga ekin maydonlari sugoriladi (1999).
[[Fayl:Irrigation drip leaks.jpg|thumb]]
Sugʻorish qadimiy davrlardan boshlab sugʻormasdan hosil olib boʻlmaydigan issiq mintaqalarda, keyinchalik esa yogʻin notekis yogʻadigan, natijada qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan barqaror hosil olinmaydigan zonalarda rivojlandi. Misr, Mesopotamiya, Oʻrta Osiyo, Meksika, Eronning quruq iqlimida odamlar toshqin suvlar bosadigan maydonlarda oziqovqatga yarokli oʻsimliklarni oʻstirishga oʻrgandi. Keyinchalik bunday yerlar marzalar bilan oʻralib, ularda suvni uzoq vaqt saqlab qolish va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan muntazam hosil olish imkoni yaratildi. Surxondaryo vohasi, Fargʻona vodiysining sharqiy qismi, Amudaryo deltasi, Zarafshon daryosi havzasida oʻtkazilgan arxeologik qazishlar muntazam Sugʻorish Oʻrta Osiyoda mil. av. 2ming yillikda boshlanganligidan dalolat beradi. Amudaryoning quyi oqimida mil. av. 8—7-asrdan mil. 3asrgacha Sugʻorish juda taraqqiy etgan. Sugʻorishning rivojlanishi va sugʻoriladigan maydonlarning kengayishi bilan suvni uzoq masofalarga olib borish ehtiyoji paydo boʻldi. Bosh inshooti sodda boʻlgan dastlabki kanallarning barpo qilinishi mil.dan av. 1ming yillik oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Oʻrta asrlarda sugʻorma dehqonchiliqda buyuk kashfiyot — birinchi suv koʻtargich — chigʻir yaratildi. Natijada ariklar yoki tabiiy suv manbalaridan balandda joylashgan kichikroq yer uchastkalarini sugʻorish mumkin boʻldi.
Qator 14:
Qadimdan maʼlum boʻlgan oqizib suv berish usullari (bostirib, taxtalarga boʻlib, egatlar olib) astasekin takomillashib Sugʻorishning yomgʻirlatib sutrish, [[tomchilatib sugʻorish]] va tuproq ostidan suyurish, aerozol usulida sugʻorish singari takomillashgan usullar yaratildi. Iqlim quruq boʻlgan Oʻrta Osiyoda ekinlar koʻp miqdorda suv talab qiladi, shuning uchun sugʻoriladigan maydonlarda asosan tuproq (yer) ustidan oqizib suv berish va qisman yomgʻirlatib sugʻorish usuli qoʻllaniladi.
 
Keyingi yillarda Sugʻorishning mexanizatsiyalashtirilgan, yarim avtomatlashtirilgan, avtomatlashtirilgan va boshqa turlari paydo boʻldi (yana q.qarang [[Sugʻorish normasi]]).
 
== Yana q. ==