Temuriylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Temuriylar''', Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan jan.dajanubida Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan T. musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.
 
Markazlashgan davlat tepasida: Temur ibn Taragʻoy Bahodir (1370—1405); Shohrux ibn Temur (1409—47); Ulugʻbek ibn Shoxrux (1447—49); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1458—69);Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xapil Sulton (1405—09); Ulugʻbek (140949); Abdullatif (144950); Abdullo Mirzo (1450—51); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1451—69); Sulton Ahmad Mirzo (1469—94); Sulton Mahmud Mirzo (1494—98); Sulton Ali Mirzo (14981500).
Qator 8:
Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (13961447); Ulugʻbek (144749); Abulqosim Bobur (1449—57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458—69); Yodgor Mirzo (1470), [[Hu[[sayn Boyqaro]] (1470— 1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—07); Muzaffar Mirzo (150607).
 
Siyosiy hayot. Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405-yilning 16 mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning hukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 — 08 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407-yil 22 fev.fevral). 1408-yil 22 apr.aprel kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi.
 
15-asrning 20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan jan.dajanubida joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shim.dashimolida — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti SamarkandSamarqand sh.) uni Oʻlugʻbek idora etgan edi.
 
Ulugʻbek otasi Shohruxning koʻmagi bilan avval (1413) Xorazmni, soʻngra (1415) Fargʻona va Qashgʻarni oʻz tasarrufiga olib, davlatining gʻarbiy va sharqiy chegaralarining xavfsizligini taʼminlagan bulsada, ammo uning shim. va shim.sharqiy tomonlari xavotirli edi. Shu boisdan 15-asrning 30—40y.lari otasi Shoxrux bilan birga Dashti Qipchoqda Abulxayrxon bilan kurash olib borishiga toʻgʻri keladi. Chunki koʻchmanchi chorvadorlar Movarounnahrning viloyatlariga muttasil bostirib kirar va oʻtroq aholini gʻorat qilar edi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, tashki siyosatda Ulugʻbek T. ning bosh hukmdori Shogʻruxning irodasini izchil amalga oshiradi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador har qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, uning rozirizoligi bilan hal etgan.
 
Shohrux 1447-yil 12 mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan oʻtadi. Shohrux vafotidan soʻng , Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar oʻrtasidagi nizolar yana avj oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulugʻbek 1449-yil 27 okt.daoktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda halok boʻladi. Ulugʻbek Movarounnahrni 40 y.yil (1409—49) idora etdi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirishga intilmadi. Aksincha, u oʻz davlatini mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni koʻtarishga harakat qildi. Ulugʻbek fojiasidan soʻng , hokimiyatga bir vaqtning oʻzida Samarqandda Ulugʻbekning kuyovi Abdullo Mirzo, Buxoroda esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Saidlar podshoh qilib koʻtariladi. Abdullo Mirzo mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun barcha choralarni koʻradi, ammo T. taxtida uzoq vaqt oʻtira olmaydi. Avval u. amakivachchasi Abu Sayd bilan, soʻngra qarindoshi Alouddavla bilan kurashadi. Muhorabada ittifoqchilar gʻalaba qozonadi. Abdullo Mirzo jangda halok boʻladi. Abu Sayd Abulxayrxon yordamida Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim boʻlib qoladi.
 
T. mulkining Xuroson qismi bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. 1457-yilgacha u Xurosonni oʻz qoʻlida tutib turadi. Har ikkala davlat oʻrtasida nizo kuchayib bordi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Xurosonda boshboshdoqlik avj olib, u boʻlaklarga boʻlinib keta boshladi.
Qator 20:
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Abu Sayd Hirot shahrini egallab, saltanatning har 2 qismini birlashtiradi. Bu davrda Sulton Husayn (Umarshayxning nabirasi) Xorazmni egallab oladi (qarang [[Hu[[sayn Boyqaro]]).
 
1469-yil bahorida Abu Sayd (Ozarbayjon, Gʻarbiy Eron va Iroqqacha boʻlgan viloyatlarni egallab turgan) oqqoʻyunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mugʻon (Ozarbayjon) choʻlida Uzun Hasan bilan boʻlgan jangda Abu Said halok boʻladi. Otasining oʻlimidan soʻng , Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan toʻqnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469-yilning 24 martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada T. mulki yana 2 mustaqil qismga boʻlinib ketadi.
 
Movarounnahrda Abu Saidning oʻgʻillari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Ali Mirzo hokimlik qiladi. Bu davrda Movarounnahr ham oʻzaro ixtilofdagi shahzodalar va mulkdor zodagonlarning viloyat hokimliklariga boʻlinib ketadi. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sufiylik taʼlimotining yirik namoyandalari, xususan Xoja Ahrornmng taʼsiri kuchayadi, hatto u siyosiy hayotda ham muhim rol oʻynay boshlaydi. Mas., mamlakat urush xavfi ostida qolib, elyurt boshiga ogʻir tashvishlar tushgan paytda Xoja Ubaydulpogʻ Ahror bir necha bor uni bartaraf qilishga jonbozlik koʻrsatadi.
 
Sulton [[Hu[[sayn Boyqaro]] idora qilgan davlat Sharqiy va Shim.Shimoliy Eron viloyatlari va Xorazmni birlashtirgan edi. U T.ning qariyb 40 yil hukm surgan soʻnggi yirik saltanati boʻlib, unda siyosiy vaziyat osoyishta emas edi. Xurosonda betoʻxtov davom etgan oʻzaro urushlarga, shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay mamlakat aholisining turmush tarzi va madaniy hayoti Movarounnahrdagiga nisbatan yuksakroq edi.
 
Ammo mamlakatning siyosiy hayotida kuchayib borayotgan keskinlik ichki munosabatlarda tobora taʼsiri ortib borayotgan Dashtiqipchoklik oʻzbeklarning Movarounnahrda hokimiyatni qoʻlga olishini hamda T. sulolasining zaiflashuvini yanada tezlashtirdi.
Qator 40:
Elyurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ulumaro — bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan, qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ularning intizomi masalalariga nihoyatda ahamiyat bergan (qarang Temuri[[ylar harbiy sanʼati]]).
 
Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin tutgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan Qarshi, SamarkandSamarqand, Qorabogʻ va boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning iqgisodiy va siyosiy axvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Mas., 1403-yilda Kavkazning Baylaqon shahrida chakirilgan kengashga olimu fuzalolar taklif etilgan. Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida amalga oshiriladigan xayrli ishlar — jamoat binolari va inshootlar qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan.
 
T.davrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali izdahom tartibiyu qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona libosu oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Mac, pacmiy marosimlarda amir ulumaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi va vazirlar — taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari), kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan. Bahodurlar, qilichboz yigitlar — taxt orqasida, uning oʻng tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin olishgan.
Qator 56:
Hirot, Mashhad, Balx va Marv sh.lari va qasabalarining obod etilishida Shohrux Mirzo hamda Ulugʻbekning onasi Gavharshod begimshsht hissalari katta boʻlgan. Mac, 1410-yil Hirotda 2 Madrasa, xonaqoh va hashamatli saroy bino qilingan. Hirotning Saripuli Injil mavzeida 1432-yilda qad koʻtargan Madrasa, Mashhadning Jome masjidi Gavharshod begimning nomi bilan bogʻliq. Ushbu madrasalar qurilishiga Qavomuddin meʼmor Sheroziy boshchilik qilgan. Shayx Shahobuddin ibn Shayx Ruknuddin madrasaga bosh mudarris qilib tayinlangan.
 
15-asrda Movarounnahrda, xususan, Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Toshkent va boshqa shaharlarda binokorlik ishlariga, ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek katta ahamiyat bergan. Uning davrida Madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroilar qad koʻtargan. Qabriston va ziyoratgoxlar obod etilgan. Bu davrda shahar obodonchiligi, xususan, meʼmorligi rivoj topgan. SamarkandSamarqand Registoni qayta rejalashtirilib, unda Madrasa, 210 gumbazli Koʻkaldosh jome masjidi, karvonsaroy, Muqatta masjidi, Mirzoiy hammomi qad koʻtargan.
 
Bu ulkan va noyob qurilishlar orasida 15-asrning 20 yillarida Samarqandda bino qilingan Ulugʻbek rasadxonasi alohida oʻrin tutadi.
Qator 80:
T.da ichki va tashqi savdoning kengayishi, kasbhunar tarmoklarining rivoj topib, hunarmandchilik mahsulotlari hajmining ortib borishiga turtki boʻlgan.
 
Dehqonchilik va sugʻorish ishlari. Mamlakatning iqtisodiy hayotida dehqonchilik asosiy oʻrin tutgan. Shu bois T. dehqonchilikning bosh omili boʻlgan sugʻorish ishlariga katta ahamiyat berishgan. 14-asrning oxiri — 15-asrning 1yarmida Movarounnahr va Xurosonda yirik sugʻorish tarmoqlari qazilib, korizlar, suv omborlari — bandlar va hovuzlar barpo etilib, suv tanqis viloyat va vohalar, shahar, qishloklarning suv taʼminoti yaxshilangan. Qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirilib, obikor yerlarning maydoni kengaytirilgan. Yangiyangi qishloqlar, chorbogʻlar va sayilgoh boʻstonlar barpo etiladi. Amir Temur SamarkandSamarqand vohasi, poytaxt va uning tevarak atrofini obod etilishi ga alohida eʼtibor bergan. Obirahmat, Mazdahin, Bozor, Korand va Nahri jadid kabi sugʻorish tarmoklari orqali obod etilgan qishloqlarning soni 72 taga yetgan. Yangi qishloqlarning bir qismi Sharqning mashhur shaharlari: Damashq, Qohira, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan ulugʻlangan.
 
Sohibqiron Xuroson, Eron, Kavkaz va boshqa viloyatlarda ham bir qancha yirik sugʻorish ishlarini amalga oshirgan. Uning farmoni bilan Murgʻob daryosidan 20 dan ortiq sugʻorish tarmoqlari qazilib, Marv vohasi qayta obod etilgan. 1401-yil Kavkazning Baylaqon mavzeida Arake daryosidan chiqarilgan Barlos kanali zamonasining yirik irrigatsiya inshootlaridan biri boʻlgan. Kanalning uz. 10 farsax (60–70&nbsp;km) boʻlib, kemalar qatnay olgan.
 
Shogʻrux va Ulugʻbek hukmronligi davrida sugʻorish ishlari yanada kengaygan. Dashtlarga suv chiqarilib, boʻz yerlar oʻzlashtirilgan. Xususiy sohibkorlar esa, hatto birikki yil davomida soliq va toʻlovlardan ozod etilgan. Bu davrda T. Samarqand, Qashqadaryo, Marv vohalari, Tuye vodiysi va Xirotda yirik sugʻorish inshootlari barpo etilib, dehqonchilik maydonlarining suv taʼminotini tubdan yaxshilashgan. Mas., Angor kanali qayta tiklanib, Zarafshon daryosi suvining bir qismi Kashqadaryo vohasiga tashlangan. Moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan Murgʻob daryosining bosh toʻgʻoni — Sultonband tiklanib, Marv sh. va vodiysi suv bilan toʻla taʼminlangan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan Buxoroning Somonjuq dashtiga suv chikarilib, yangi yerlar oʻzlashtirilgan. Navoiyning tashabbusi bilan Tuye viloyatida Turuqband suv ombori qurilib, undan 10 farsax masofada kanal orqali Mashhadga suv keltirilgan. Bu davrda q.qishloq x.daxoʻjaligida gʻallakorlik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilikka ahamiyat berilgan. Chorvachilikda — yilqichilik, qorakoʻlchilik, tuyachilik muhim oʻrin tutgan.
 
T.davrida mulkchilik munosabatlari yanada takomillashgan. Mulkning , asosan, 4 shakli: "mulki devon" (davlat yerlari), "mulk" (xususiy yerlar), "mulki vaqf" (madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar) va "jamoa yerlari" boʻlgan. T. yerlarining katga qismi davlat mulki hisoblangan, ularni "suyurgʻol" yoki "tarxon" tarzida inʼom qilish keng tarqalgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohrux davrida Xorazm — Shohmalik; Fargʻona — Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni qamragan Xuroson — Boysungʻur; Kobul, Gʻazna va Qandahrr viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning suyurgʻoli edi. Suyurgʻol yorligʻiga ega boʻlgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga nomigagina karam boʻlib, odatda, ular deyarli mustaqil boʻlishgan.
 
Tarxonlik yorligʻini olgan mulkdorlar barcha soliq, toʻlov va majburiyatlardan ozod etilgan. Tarxonlik amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Shu boisdan davlat soligʻidan tushadigan daromadning talaygina qismi tarxonlar qoʻlida toʻplangan. Mamlakatning siyosiy hayotida ular gʻoyat katta kuchga aylangan.
Qator 94:
Yuqorida qayd etilgan soliklardan tashqari fuqarodan soliq yigʻuvchi (muxassilona), hosilni belgilovchi (sohib jamona), kirimni boshqaruvchilar (zobitona, "dorugʻona"), suv taqsimlovchi ("mirobona") kabi toʻlovlar undirib olingan. Shuningdek, aholi favqulodda xarajatlar uchun "avorizot" va "tavojjuhoti xorijiy" kabi odatdan tashqari soliqlarni xam toʻlagan.
 
Madaniy hayot. 15-asr va 16-asr boshlarida Samarqand, Hirot, Buxoro va Gʻijduvon kabi bosh shaharlarda Amir Temur anʼanalari davom ettirilib, olimu muhandis, shoiru bastakor, meʼmoru binokor va naqqoshu musavvirlarning guruhi toʻplangan edi. Movarounnahrda, xususan, Samarqandda ilmfan va sanʼatning taraqqiyotida Ulugʻbek va uning atrofida yigʻilgan olimlarning oʻrni va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnahr va Xurosonning boy va serqirra madaniyatiga, islom dunyosining maʼnaviy anʼanalariga suyangan hamda oʻz davrining madaniy tajribalaridan toʻla foydalana bilgan Ulugʻbek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa, uning maʼnaviy kamolotida ilmfanning va sanʼatning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. U mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan shugʻullandi. Ilmiy munozaralar oʻtkazdi. Ulugʻbek Movarounnahr shaharlarini, xususan, SamarkandSamarqand va Buxoroni ilmu maʼrifat dargohiga aylantirishga intildi. Uning farmoni bilan Buxoroda (1417), Samarqandda (1417—20) va Gʻijduvonda (1433) madrasalar barpo qilindi. Hatto, Buxoro madrasasining darvozasiga: "Bilim olish har bir musulmon ayolu erkakning burchidir", degan kalima yozib qoʻiilgan. Bu madrasalar zamonasining dorilfununi hisoblanib, ularda Qurʼon, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonunqoidalari), riyoziyot (mat.), handasa (geom.), joʻgʻrofiya (geogr.), ilmu aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi kabi dunyoviy ilmlar ham oʻqitildi. Samarqand madrasasida Shamsuddin Havofiy, Qozizoda Rumiy, Gʻiyosuddin Jamshid, Ulugʻbek, Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dare berishgan. Bu davrda Samarqandda Ulugʻbek madrasasidan tashqari Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek, Mirabduvali va Qutbiddin Sadr nomli madrasalar ham qad koʻtargan.
 
15-asrda Movarounnahr va Xurosonda tarix fani xam rivoj topdi. Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh Samarqandip va boshqa koʻpgina tarixchilar Samarqand yoki Hirotda yashab ijod qildilar. "Zubdat attavorix" muallifi Hofizi Abru, "Matlai saʼdayn va majmai bahrayn" nomli asarni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarlarini Amir Temur va T. hukmronlik qilgan davrga bagishladilar. Mirxond "Ravzat ussafo" va Xondamir "Habib ussiyar" oʻz asarida Sulton Husayn hukmronlik qilgan davr voqealarini bayon qildi. Muiniddin Isfizoriy esa Hirot tarixini yezdi.
Qator 108:
14—15-asrlarda musiqa sanʼati taraqqiyotida xdm yangi bosqich boʻldi. Bu davrda yangi kuy va qoʻshiqlar, cholgʻu asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar va hofizlar yetishadi. Abduqodir Nayi, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli Gʻijjakiy, Qosim Rabboniy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Xoja Yusuf Andijoniy, Us tod Shodiy, Najmiddin Kavkabiy shular jumlasidandir. Omilkor musiqachilar bilan bir qatorda Ulugʻbek, Navoiy, Jomiy va Binoiy kabi mutafakkir va shoirlar ham musiqa sohasida ijod qildilar. Mac, Ulugʻbek "bulujiy", "shodiyona", "axloqiy", "tabriziy", "usuli ravon" va "usuli otligʻ"; Navoiy "isfahoniy" kuylarini ijod qiladi. Jomiy va Binoiy musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratdilar. Shubhasiz, musiqa sanʼati ham 14— 15-asrlarda sanʼatning boshqa turlari va sheʼriyat bilan uzviy aloqada yangi taraqqiyot pogʻonasiga koʻtariladi. Mohir sanʼatkormashshoklar, bastakor va hofizlar yetishadi, nodir va bebaho sanʼat asarlari vujudga keladi.
 
Shunday qilib, Amir Temur asos solgan davlat Qad. SharkdaSharqda 3 yoʻnalishda (oʻtroq dehqonchilik, dasht chorvachiligi va shaharsozlik) shakllangan sivilizatsiyalar qorishgan TuronTurkiston hududlarida rivoj topib qiyomiga yetgan davlatchilikning nodir namunasi edi.
 
Biroq 15-asr oxirida T. oʻrtasida avj olib ketgan ixtiloflar, ayrim viloyat hokimlarining uzluksiz oʻzaro kurashlari shaharlarda hunarmandchilik va savdosotiqqa zarar yetkazib, vohalarda dehqonchilik xoʻjaliklarini xonavayron qilgan. Bunday ogʻir ahvolda davlatning iqtisodiy va maʼmuriy hayotida muhim mavqega ega boʻlgan yuqori tabaqa vakillarining bir kismi T. ga nisbatan sotqinlik yoʻlini tutdi. Bu asnoda Fargʻona hokimi Bobur saltanatini shayboniylardan himoya qilish va uning barqarorligini saqlab qolish yoʻlida astoydil kurashgan. Biroq bunday sharoitda Bobur ham uz Vatanini tark etib, oʻzga yurtlarga yuzlanishga majbur boʻddi. U avval Afgʻonistonni, soʻngra Shim.Shimoliy Hindistonni boʻysundirib, Boburiylar saltanatiga asos soldi. Bu davlat T. davlatchiligi udumlarini davom ettirib, 3 asrdan ortiqroq hukm surdi. Bu davr mobaynida Hindiston yuksalgan va ravnaq topgan (qarang [[Boburiylar davlati]]).
 
Ad.:Abdurazzoq Samarqandiy, Matlai saʼdayn va majmai baxrayn, T., 1969; Ibn Arabshoh, Ajoib ulmakdur fi axbori Temur, T., 1992; M irza Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi. T., 1996; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Sharafuddin Ali Yazdiy , Zafarnoma, T., 1996; Ahmedov B., Ulugʻbek, T., 1989; Fayziyev T., Mirzo Ulugʻbek avlodlari, T., 1994; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995; Muhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1996;3axidov P., Arxitekturnie tayni observatorii Ulugbeka, T., 2003.
 
Abdulahad Muhammadjonov.