Togo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 16:
Temir yoʻli uzunligi 395 km, avtomobil yoʻllari uz. 12 ming km, Lome shahridan 9 km uzoklikda yirik dengiz porti mavjud. Havo transportida xalqaro yoʻlovchilar va pochta tashiladi. Lome shahri yaqinida Tokuen xalqaro aeroporti bor. Togo chetga fosforit, sement, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, kandshakar, guruch, sut mahsulotlari oladi. Asosan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan, Fransiya hamda Kot d’ Ivuar, Nigeriya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi KFA franki.
==Maorifi va ilmiy muassasalari==
Togo mustaqilligi eʼlon qilingandan keyin 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilindi. Boshlangʻich maktab 6 yillik, umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqish muddati 7 yil: toʻliqsiz oʻrta maktab (kollej)da 4 yil va toʻliq oʻrta maktab (litsey)da 3 yil Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida, oʻrta texnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 3–6 yil davomida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari 2 ped. (normal) bilim yurtida 1–3 yil davomida, oʻrta maktab oʻqituvchilari esa pedagogika institutida tayyorlanadi. Oliy taʼlim Lomedagi Benin universiteti (1965-yildan kollej, 1970-yildan unt) da olinadi. UntUniversitet tarkibida tibbiyotbiol. fakulteti, adabiyot maktabi, tibbiy fanlar maktabi, huquq va boshqaruv oliy maktabi, iqtisodiyot va biznes oliy maktabi, oliy muhandislik maktabi, oliy qishloq xoʻjaligi. maktabi, sogʻliqni saqlash va biol. fanlari instituti, tibbiyot maktabi, milliy pedagogika instituti, oliy jurnalistika instituti bor. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan bir qancha kollejlar: Kpalimeda agronomiya sohasida kasb taʼlimi maktabi (1901), Lomeda meʼmorlik maktabi (1975), Milliy maʼmuriy maktab (1958), Sokodeda Texnika kolleji ham bor. Togolar Benin universiteti, Demografiya muammolari tadqiqot instituti, Afrika xalqaro huquq institutida, Lomedagi Toʻqimachilik va paxta tadqiqot instituti (1948), Milliy ilmiy tadqiqot instituti (1965), Ilmiy texnika tadqiqot byurosi (1949), Tropik agronomiya tadqiqot institutida olib boriladi. Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Milliy muzey ham bor.
==Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi==
Togoda nashr etiladigan gaz. va jurlar: "Jurnal ofisyel de la Repyublik Togolez" ("Togo Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatning fransuz tilidagi kundalik xabarnomasi), "Togopress" (fransuz, eve va kabre tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Togo dialog" (hukumatning oylik jurnali), "Evey dyu Travayer Togole" ("Togo meqnatkashlarining uygʻonishi" (1 oyda 2 marta chiqadigan gaz.,). Togo matbuot agentligi 1975-yil tashkil etilgan. Togo (Xalqaro) radioeshittirishi – Lome radiosiga 1953-yil, Togo (Milliy) radioeshittirishiga 1979-yil asos solingan.