Toshkent sanʼat instituti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
 
Qator 1:
'''Sanʼat instituti''', Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti — doktorama, musiqali doktorama va qoʻgʻirchoq teatrlari uchun aktyor, rejissorlar hamda kino uchun kinoaktyor, operator, kino rejissorlar, teatr va kinoshunoslar va boshqa yuqori malakali sanʼat mutaxassislarini tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. 1945-yil Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo davlat teatr sanʼati instituti sifatida tashkil etilgan. 1948-yil rus doktoramaturgi A. N. Ostrovskiy (1823—86) nomi berilgan. 1991-yildan oʻzbek teatr arbobi Mannon Uygʻur nomida. 1954-yil institut huzurida rassomlik fakulteti ochilib, Teatr va rassomlik sanʼati institutiga aylantirilgan. 1987-yildan Institutda mutaxassis tayyorlash doirasi yanada kengayib, maxsus kinotelevideniye rejissor ligi, operatorlik, sanʼat jurnalistikasi ixtisosliklari buyicha kadrlar tayyorlash yulga qoʻyildi. 1997-yildan rassomlik sanʼati fakulteti mustaqil institut maqomida ajralib chikdi (qarang [[Milliy rassomlik va dizayn instituti]]) va institut hozirgi nomi bilan atala boshladi. Institutda 5 ta ft (teatr sanʼati; kino, televideniye sanʼati va radio; sanʼatshunoslik va qoʻgʻirchoq teatri sanʼati; sirtdan oʻqish; malaka oshirish) mavjud; magistratura, aspirantura, ilmiy kengash faoliyat kursatadi. 2002/03 uquv yili 765 ta talaba taʼlim oldi; 100 dan ziyod pedagog , shu jumladan, 9’fan doktori, 10 professor, 42 fan nomzodi va dotsent ishlaydi (2004). Institut faoliyati turli yillarda ishlagan Mannon Uygʻur, Ya. Bobojonov, S. Tabibullayev, L. Xujayeva, Q. Xoʻjayev, A. Ginzburg , N. Timofeyeva, Yu. Ioffe, I. Rubinshteyn, I. Akbarov, S. Veksler kabi yetakchi olimpedagoglar nomi bilan bogʻliq. Institutda taʼlim olgan rejissorlardan T. Xujayev, O. Chernova, Sh. Abbosov, B. Yoʻldoshev, teatrshunoslardan M. Rahmonov, M. Krdirov, T. Tursunov, T. Bayandiyev. T. Islomov, S. Tursunboyev, M. Tulaxujayeva, aktyorlardan 3. Muhammadjonov, R. Hamroyev, Ya. Abdullayeva, T. Azizov, B. Zokirov, N. Ansatboyev, R. Ibrohimova, Yo. Ahmedov, E. Komilov, P. Saidkosimov, G. Jamilova va boshqa respublika sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi.
 
Toshpoʻlat Tursunov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>