Universitet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 6:
Oʻrta asrlar Yevropasida dastlab turli sherikchilik birlashmalari, savdogarlar gildiyalari, sanoattijorat sexlari va boshqa shirkatlar U. deb yuritilgan. Yevropada U.ning yuzaga kelishi muayyan iqtisodiy taraqqiyotga erishilganligi, shaharlarning koʻpayishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, madaniyatning yuksalishi, shuningdek, ilmfanning taraqqiy etib, turli falsafiy oqimlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Shuning uchun ham ilk U.lar iqtisodiy jihatdan rivojlangan Italiya, Ispaniya, Fransiya singari Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida tashkil topdi. Dastlabki U.lar Italiyaning Bolonya (11-asr), Salerno (12-asr oxirlari), Fransiyaning Parij (1215), Monpelye (1289), Bukj Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (1096), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) shaharlarida paydo boʻldi. 14-asrga kelib Markaziy Yevropada ham bir nechta U.lar ochildi. Universitet va ilmfan taraqqiyoti tufayli 1348 i. Praga, 1364-yil Krakov, 1365 i. Vena U.lari yuzaga keldi.
 
Oʻrta asrlardagi U.larda, odatda, artistlik (tayyorlov), ilohiyot, tibbiyot, huquq singari 4 ft boʻlgan. Artistlik fakulteti hamma uchun majburiy boʻlib, unda ritsarlar .uchun zarur "etti erkin sanʼat" oʻrgatilgan. Artistlik ftining grammatika, ritorika, dialektika asoslarini oʻrgangan talabasiga sanʼat bakalavri darajasi berilgan. Ftning falsafa, arifmetika, geom., astronomiya va musiqa nazariyasining toʻliq kursini uzlashtirgan talaba sanʼat magistri darajasiga erishgan va u kalgan 3 ftdan biriga kirib oʻqish xuquqini qoʻlga kiritgan. Dastlabki U.larda xuddi madrasalardagi kabi oʻqish muddati ham, talabalarning yosh chegarasi ham belgilab qoʻyilmagan. Amalda U.da oʻqish 12—14 y.lab davom etgan.
 
Chet ellardagi hozirgi U.lar tashkiliy tuzilishiga kura, mustaqil ft, institut, maktab va kollejlarning oʻziga xos birlashmasidan iborat. Dunyoning koʻp U.larida ilmiy tadqiqotchilar bilan birga oʻrta maktab oʻqituvchilari ham tayyorlanadi. Odatda, aksar zamonaviy U.larda tabiiyot, tibbiyot, huquq, filol., falsafa, iqtisod, muhandislik, ayrimlarida ilohiyot ftlari mavjud. Dunyoda U. taʼlimining Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniya tizimlari keng yoyilgan. Jumladan, Buyuk Britaniyada U. taʼlimi har biri 2 yil davom etadigan 3 bosqichdan iborat. 1bosqich oraliq bosqich deb ataladi va unda asosan umumtaʼlim fanlar oʻrganiladi. 2bosqich mutaxassislik bosqichi deyiladi va talabaning bakalavr darajasini olishi bilan tugallanadi. 3bosqich yuqori bosqich deb nomlanadi va bitiruvchi magistr darajasiga erishadi. Fransiyada U. taʼlim tizimi doimiy bosqichlarga ajratilmagan. Bu yerda kaysi kasbni egallashiga qarab, talaba 4 yildan 7 yilgacha oʻqiydi. Ispaniya U. taʼlim tizimi ham Fransiya U. taʼlim tizimiga yaqin keladi.
 
Turkistonda U., yaʼni madrasai oliya 10-asrdayoq yuzaga kelgan boʻlsada, zamonaviy maʼnodagi dastlabki U. Toshkentda 1918-yil 21 aprelda Turkiston xalq universiteti nomi bilan ochilgan. Ammo bu U. rus va yevropalik aholi uchun moʻljallangan edi. Oradan 20 kun oʻtib, oʻzbek jadidlari tashabbusi bilan 1918-yil 12 mayda Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligida "Turkiston musulmon xalq dorilfununi" tashkil etildi (qarang [[Oʻzbekiston milliy universiteti]]). Oʻzbekistonda ikkinchi U. 1933-yil SamarkandSamarqand shahrida ochilgan (qarang [[Samarqand Universiteti|SamarkandSamarqand universiteti]]). 1976-yilda Qoraqalpogʻiston universiteti tashkil etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgunga kadar mamlakatimizda 3 U. faoliyat koʻrsatgan. 2002-yil Oʻzbekistonda 20 U. boʻlib, ularda 113,7 ming talaba taʼlim oldi. Respublikadagi kup U.lar maktab, akademiklitsey va kasbhunar kollejlari singari tuzilmalarni ham oʻz ichiga oladi. 2. U. (Oʻzbekiston milliy universiteti va Toshkent texnika universiteti) oʻz institutlariga ham ega.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->