Urbanizatsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 1:
'''Urbanizatsiya''' (frans. urbanisation, ing . urbanization, lot. urbanus — shaharga mansub, urbs — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. U. — tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir boʻlgan koʻp qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. U.ning torroq doiradagi demografikstatistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmogʻining koʻpayib borishini anglatadi.
 
Dastlabki shaharlar mil. av. 3—1ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning Oʻrta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunonrim dunyosida esa Rim va Karfagen sh.larining mavqei yuqori boʻlgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida kapitalistik i.ch. unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining oʻsib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo boʻla boshladi.