Vabo: Versiyalar orasidagi farq

4 bayt qoʻshildi ,  6 oy oldin
k
(via JWB)
k ({{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB))
k ((via JWB))
 
| MeshID =D002771
}}
'''Vabo''' (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. V. dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma (1819), Yava va Borneo o. lari, Xitoy (1820), Eron (1821), Yaponiya hamda Rossiyaga (1822) tarqaladi. 1823— 1925 y.yil larda Rossiyada V. epidemiyasi 55 marta qayd qilingan. Turkiston oʻlkasiga V., asosan, Afgʻoniston va Erondan oʻtgan.V. ning klassik V. va El-Tor V. si degan 2 turi bor. Shunga koʻra, V. mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik V. vibrioni va ElTor vibrioni deb ataladigan ikki xilga ajratiladi. Klassik V. vibrionini 1883 y.yil R Kox, El-Tor V. vibrionini esa 1906 y.yil Sinay ya. o. da Gotshlix topgan. V. vibrioni salgina bukilgan va ikki uchi yumaloqlangan tayoqcha boʻlib, boʻyi 1,5—4 mk va eni 0,2—0,4 mk. V. vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, ariqlarda bir necha kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir necha oy, axlat chuqurlarida 3 oygacha, ichki kiyimlarda 2 oy, qum tuproqda bir necha oy, suv havzalarida 15—30 kun, sut va yogʻda bir oygacha, kartoshkada 2 haftagacha, hoʻl mevada bir necha kungacha, pivoda 3 soatdan 5 kungacha tirik turadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar vibrionni tez oʻldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez oʻladi. 1960 y.yil gacha boʻlib oʻtgan V. epidemiyalarining deyarli hammasi (aniqroq aytganda 6 pandemiyasi) ga klassik V. vibrioni sabab boʻlgan.
 
Klassik V. ogʻir utib, bemor yotib qoladi, kasallik belgilari (tez-tez ich ketishi, qusish, shuning natijasida organizmning suvsizlanishi, shuningdek temperatura pasayishi, muskullarning tirishishi va intoksikatsiyaning boshqa belgilari, yurak urishining susayishi va sh. k.) aksari roʻyirost koʻrinadi, shunga koʻra kasallik V. boshlanishi bilanoq tez aniqlanganida, V. ning tarqalishi cheklanadi. El-Tor V. si esa aksari yengil oʻtadi. V. belgilari boʻlmagani holda vibrionlarni tashib yuradigan kishilar koʻproq uchraydi, shu bois El-Tor V. sini aniqlash klassik V. ni aniqlashga nisbatan qiyinroq, shuning uchun ElTor V. sining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oʻtish va keng tarqalish imkoniyatlari katta.