Antonio Vivaldi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 36:
[[Fayl:Chiesa di San Giovanni in Bragora - Venezia.jpg|thumb|Avliyo Ioanna cherkovi]]
 
VIVALDI (Vivaldi) Antonio (1678.4.3, Venesiya — 1741.28.7, Vena) — italyan kompozitori, skripkachi, dirijyor va pedagog , konsert janrining asoschisi. Ijodida turli cholgʻular (asosan, skripka) ga moʻljallangan konsertlar (jami 465 ta) markaziy oʻrin tutadi. V. muayyan voqeliklarni yorqin ifoda etuvchi (4 qismli "Yil fasllari" kabi) asarlari bilan dasturli simfonizmga ham asos solgan. Oʻnlab diniy va dunyoviy mavzudagi kantata va oratoriyalar, 40 dan ortiq operalar yaratgan. Bular orasida Sharq lavhalarini ekzotik tarzda aks ettiruvchi "Dariyning tojdor boʻlishi", "Armida Misr lagerida", "Aleksandr Hindistonda" kabi asarlar ham mavjud. 1735 y.yil Verona shahrida ilk bor sahnalashtirilgan Amir Temur haqidagi operasi Yevropada sohibqiron qiyofasini gavdalantiruvchi dastlabki asarlardandir.
 
== Ijodiga qaytish ==