Yangi yulduzlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
ishorat bor
k (via JWB)
Qator 5:
Koʻpchilik Yangi yulduzlar bizdan juda uzoqda joylashgan. Ularning mutlaq kattaliklari Quyoshnikiga teng boʻlsa ham koʻrinish darajalari 10—15 marta kuchsiz hisoblanadi. Portlaganidan soʻng yangi yulduz asta-sekin oʻzining dastlabki holatiga albatta qaytadi. Bizning Galaktikamizda kuzatiladigan Yangi yulduzlar paydo boʻlishi hodisasi va oddiy chaqnashi yiliga 20—30 tani tashkil qiladi. Aslida esa Galaktikamizda yiliga yuzdan ortiqYa.yu. hodisasi sodir boʻladi. Yangi yulduzlar qayta chaqnab yana "yangi" jarayon roʻy berishi mumkin.
 
Mas, Shim.Shimoliy tojning T si (1866, 1966 yillarda chaqnagan), Kompasning T si (har 20 yilda chaqnab turadi) qayta Yangi yulduzlar hisoblanadi. Barcha yudduzlar portlashlari ichida eng samaralisi oʻta Yangi yulduzlarning portlashi hisoblanadi. Agar normal yangi yulduz portlaganda oʻz ravshanligini taxminan 500 000 marta oshirsa , oʻta yangi yulduzning ravshanligi (chaqnashi) 100 000 000 marta oshadi. Uning maksimumdagi mutlaq qiymati kamida — 16t,5 ga teng . Hisoblashlar va kuzatuvlarga koʻra, Galaktikada oʻta yangi yulduz taxminan 400 yilda bir marta paydo boʻladi. Yangi va oʻta Yangi yulduzlar hodisalari boshqa galaktikalarda yaxshi kuzatiladi.
 
Salohiddin Nuritdinov.