Н (kirill): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Xusinboy Bekchanov moved page Ҳ (kirill) to Н (kirill) over redirect
k (via JWB)
Qator 1:
{{Maʼnolari|N (maʼnolari)}}
'''Н, н''' — oʻzbek kirill alifbosining oʻn beshinchi harfi; til oldi, burun, sonor, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Soʻz boshi (nay, novda, non), oʻrtasi (anor, gʻuncha, qanot) va oxiri (bogʻbon, oʻtin, tugun) da kela oladi. N tovushi ayrim soʻzlarda, soʻz birikmalari orasida b tovushi oldidan talaffuz qilinganda, m tovushiga aylanadi (tanba > tamba, manba > mamba, sunbula > sumbula, oʻn besh > oʻm besh), lekin bu hodisa imloda aks etmaydi. N tovushi sof oʻzbekcha soʻzlarda soʻz boshida uchramaydi. N harfi g harfi bilan birga, n+g tarzida til orqa, burun, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi; bu tovush soʻz oʻrtasi (singil, dengiz, tingla) va oxiri (ong , teng , doʻng) dagina keladi.
 
N harfi Avesto, Oʻrxun-Yenisey, soʻgʻd, turkiy (uygʻur) yozuvlarida, shuningdek, arab va lotin alifbolari asosidagi oʻzbek yozuvida oʻziga xos koʻrinishlarga ega.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>