Balujiston (tarixiy viloyat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Balujiston (maʼnolari)}}
[[Fayl:Major ethnic groups of Pakistan in 1980 borders removed.jpg|thumb]]
'''Balujiston''' — [[Osiyo]]dagi [[tarix]]iy [[viloyat]], [[Eron togʻligi|Eron yassitogʻligi]]ning jan.-sharqda. [[Maydon]]i 0,5 mln. km² dan koʻproq. [[Sharq]]iy [[Balujiston]] (347 ming km²) [[Pokiston]] hududida, [[Siston va Balujiston ustoni|Gʻarbiy B.]] esa [[Eron]] hududidadir. Qadimda B. hududida maka, gedrosiy va boshqa [[xalq]]lar yashagan. [[Oʻrta asr]]larda B. avval [[Arab xalifaligi]], soʻngra [[Gʻaznaviylar davlati|Gʻaznaviylar]], [[Saljuqiylar davlati|Saljuqiylar]], [[Hulokuiylar davlati|Hulokuiylar]], [[Temuriylar davlati|Temuriylar davlatlari]] tarkibida boʻlgan. [[XVII asr|17-asr]] boshlarida B. hududida bir necha [[hokimlik]]lar vujudga kelib, ularning hokimlari [[safaviylar davlati|safaviylar]] va [[boburiylar davlati|boburiylar]]ga qaram boʻlgan. Bu hokimliklardan eng qudratlisi boʻlgan Kolot hokimligi hokimi (Sharqiy B.) Nosirxon Baluj ([[1750]] — [[1795|95]]) butun B. hududini oʻz qoʻl ostiga olib, oʻzini [[afgʻonlar|afgʻon]] [[shoh]]lari — [[durroniylar]] [[vassallik|vassali]] deb eʼlon qilgan. [[XIX asr|19- a.]] boshlaridan B.ga [[Angliya]] oʻz taʼsirini oʻtkaza boshladi. [[1854]], [[1876]] va [[1879]] y.lardayillarda Kolot va [[Kobul (shahar)|Qobul]] hokimlariga majburan qabul qildirilgan [[shartnoma]]larga koʻra, Sharqiy B. Angliyaga boʻysundirildi va Britaniya Balujistoni hamda Baluj hokimliklari federatsiyasiga (Kolot, Haron, [[Makron]], Las-Bela) boʻlib tashlandi. Gʻarbiy B. [[1849]] — [[1857|57]] y.lardayillarda Eron tarkibiga qoʻshildi. [[1947]] y.yil [[avgust|avg .]]da Britaniya Balujistoni Pokiston tarkibiga kirdi. Baluj hokimliklari federatsiyasi esa [[1948]] y.yil [[mart]]ida Pokistonga qoʻshildi. Sharqiy va Gʻarbiy B. oʻrtasidagi [[chegara]] [[1956]] y.yil 29 [[oktabr|okt]]dagi Eron-Pokiston [[bitim]]i asosida belgilandi.
 
== Adabiyotlar ==