Vengriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8.6
kTahrir izohi yoʻq
Qator 45:
 
== Adabiyoti ==
Adabiyotining tarixi xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. Uning ayrim parchalari oʻrta asrlarga oid lotin tilidagi risolalarda saqlanib qolgan. Nomaʼlum muallifnimg „Mojarlarning ishlari“ risolasi shu jumladandir. Mojar tilidagi dastlabki yozma adabiyot obidalari — „Qabr ustidagi vaʼz“, „Assizlik Fransiskning sarguzashti“ asarlari 13—14-asrlarga mansub. Yaus Pannonius va Balint Balashshi 15— 16-asrlarda lirik sheʼrlari bilan mashhur boʻldilar. Turklar zulmiga qarshi mustaqillik yoʻlidagi kurashga bagʻishlangan asarlar milliy adabiy tilning shakllanishiga barakali taʼsir qildi. Vengriya Zrinining „Siget falokati“ epik dostonida milliy birlik gʻoyasi madh etildi. Vengriya Dyondyoshining epik asarlari 17-asr mojar klassitsizmining namunasidir. 18-asrda maʼrifatchilik adabiyoti paydo boʻldi. Bu davrda „Agis“, „Faylasuf“, „Tarimenning sayohati“ asarlarining muallifi D. Beshshenei, demokratik ruhdagi „Doroteya“ hajviy eposi bilan shuhrat qozongan Vengriya Chokonai-Vitez ijodi muhim. Y. Katoni, Vengriya Vyoryoshmarti, milliy madhiya matnining muallifi F. Kyolchei romantik asarlari bilan tanildi. 19-asrning 40 yil larida adabiyotda realizm kurtaklari koʻrina boshladi. Y. Etvyosh „Qishloq notariusi“, „1514 yilda Vengriya“ romanlarida eski feodal tartiblarini tanqid qildi, Doji boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻolonini aks ettirdi. „Pahlavon Yanosh“, „Milliy qoʻshiq“ epik dostonlarining muallifi Shandor Petyofi mojar sheʼriyatini xalqchillik, demokratizm, realizm goyalari bilan boyitdi. Petyofi sheʼriyati 1848—49 i.laryillar inqilobida zoʻr ahamiyat kasb etdi. Bu davrda Ya. Aranning Toldi haqidagi poemalar trilogiyasi („Toldi“, „Toldi kechasi“, „Toldining muhabbati“) va qator sheʼrlarida dehqonlarning feodal tuzumga qarshi noroziliklari ifodalandi.
 
Mojar adabiyotiga shoir E. Adi katta hissa qoʻshdi. Uning „Mojar dashtida“, „Mojar yakobinchisi qoʻshigʻi“, „Dyord Doji nevarasi“, „Jangovar yoʻl“ kabi asarlari jamiyatni qayta qurish ruhi bilan sugʻorilgan. 1- va 2-jahon urushlari orasidagi davrda mojar inqilobiy lirikasining yirik vakili A. Yojef asarlari keng tarqaldi. Ispan milliy ozodlik kurashida general Lukach nomi bilan shuhrat qozongan yozuvchi Mate Zalka qator asarlarida, shuningdek „Doberdo“ romanida ozodlik yoʻlidagi kurashchilar obrazini yaratdi, mehnatkashlar ongining uygʻonishini haqqoniy tasvirladi. Vengriya adabiyotining yirik vakillari L. Meshterxazi, A. Berkeshi, I. Dobozi, L. Erdyosh asarlari yangi insonning shakllanishi masalalariga bagʻishlangan. Tanikli shoirlardan D. Iyesh, I. Shimon, G. Garai lirik asarlari, Y. Darvashning „Badmast yomgʻir“ romani va D. Fekyotning „Vrach oʻlimi“, F. Shantining „Soat yigirma“, I. Erkenning „Totovlar xonadoni“ qissalari ijtimoiy mavzuning chuqur tahlil etilishi, ruhiy holat tasvirining teran falsafiyligi bilan Vengriya adabiyotida alohida oʻrin oladi.