Gravimetriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
k (via JWB)
Qator 1:
'''Gravimetriya''' ([[Lotin tili|lotincha]]: gravis — ogʻir va ...metriya) — tor maʼnoda ogʻirlik kuchini oʻlchash usullari haqidagi fan. Keng maʼnoda (Nyuton mexanikasi doirasida) Yerning ogʻirlik kuchi maydonini, Yer shaklini aniqlash maqsadida uning fazoviy oʻzgarishini, Yerning ichki tuzilishini, uning ustki qismi geologik tuzilishini, baʼzi navigatsiya masalalarini yechish va b.ni oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Ogʻirlik kuchi — Yerning soʻtkali aylanishidan hosil boʻladigan gravitatsion tortishuv va markazdan qochma kuchlaridan iborat. Ekvatorda markazdan qochma kuch gravitatsion tortishuv kuchiga karaganda 288 baravar kichik, qutbda nolga teng . Shu sababli, tortishuv kuchining qiymati, asosan, Yerning zichligiga, shakli va oʻlchamiga bogʻliq.
 
G.da tekshiriladigan asosiy fizik kattalik ogirlik kuchi tezlanishi g dir. Ogʻirlik kuchi tezlanishini birinchi marta (taxminan 1590-yil). G. Galiley aniqlagan. Bu kattalikning oʻzgarishi geografik kenglikka bogʻliq. Son qiymati jismning erkin tushish tezlanishi g ga teng boʻlgan ogʻirlik kuchi kuchlanganligi (kuchning massa birligiga nisbati) Gallarda oʻlchanadi: 1 Gal=10^2 s/s2; uning 1000 dan bir ulushi milligal (mGal) deyiladi. Yer sirtida g ning qiymati 978,0 Gal dan (ekvatorda) 983,2 Gal gacha (qutblarda) oʻzgaradi. Ogʻirlik kuchi tezlanishi asosan gravimetrlarda oʻlchanadi. Okeandagi gʻalayonlanmagan suv sathiga mos kelgani (W = W) geoid deyiladi va uni Yerning shakli sifatida qabul qilinadi. Qulaylik maqsadida ogʻirlik kuchi (gravitatsiya) maydonini, sayyora sirti boʻyicha qonuniy oʻzgara boruvchi u normal qismga hamda real g va normal tashkil qiluvchilar orasidagi ayirmadan iborat boʻlgan anomal (ogʻirlik kuchi anomaliyasi deb yuritiluvchi) Ag = g—u ga ajratiladi. Normal qismini odatda real Yer bilan birday massaga va aylanish tezligiga ega boʻlgan hamda geoidga eng koʻp yaqin boʻlgan bir jinsli aylanish maydoni sifatida tasavvur qilinadi.