Ibn Arabshoh: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Kagansky Ibn Arabshoh Shihobuddin Ahmad Ibn Muhammad Ibn Abdullox. Ibn Ibrohim sahifasini Ibn Arabshohga koʻchirdi |
k (via JWB) |
||
Qator 1:
'''Ibn Arabshoh Shihobuddin Ahmad Ibn Muhammad Ibn Abdullox. Ibn Ibrohim''' (1388, Damashq — 1450, Qohira) — arab tarixchisi. Amir Temur Shom (Suriya) ni egallagach (1401), I. A. ni qarindosh-urugʻlari bilan Samarqandga keltirgan. Bu yerda u mashhur olimlardan taʼlim olgan, fors, moʻgʻul va turk tillarini oʻrgangan hamda adabiyot va ilohiyot bilan shugʻullangan (1401—08). U Xorazm, Moʻgʻuliston, Xitoyda va Oltin Oʻrda poytaxti Saroyda boʻlgan. Hoji Tarxon (Astraxon) da huquq fani bilan shugʻullangan. Qrim orqali Adrianopolga kelgan. 10
I. A. Amir Temurga nisbatan dushmanlik ruhidagi mualliflar jumlasidan edi. Bu hol uning asarida toʻla aks etdi. Shunga qaramay, I. A. asarida Temur davlati va unga chegaradosh mamlakatlar siyosiy, xoʻjalik va madaniy turmushini qoʻshimcha ravishda oydinlashtirib beruvchi koʻpdan-koʻp diqqatga sazovor maʼlumotlarni keltirgan.
|