National Basketball Association: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
NBA haqida o‘zbek tilida ilk viki-maqola
 
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
Milliy basketbol assotsiatsiyasi, NBA ([[Английский язык|ingl.]] National Basketball Association, NBA) — erkaklar o‘rtasida [[basketbol]] bo‘yicha o‘tkaziladigan Shimoliy Amerika professional ligasi. Unda AQSh va Kanada basketbol klublari ishtirok etadilar. NHL, MLB va NFL bilan birgalikda Shimoliy Amerika bosh professional sport ligalari to‘rtligiga kiradi. Dastlab, 1946-yilda Amerika basketbol assotsiatsiyasi shaklida asos solingan bo‘lib, Milliy basketbol ligasi bilan biriktirilgan holda National Basketball Association (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) nomini oldi.
 
2004-yildan boshlab AssotsiyaAssotsiatsiya tarkibiga geografik jihatdan Sharqiy va G‘arbiy konferensiyalar tartibida bo‘lingan 30 jamoa kiradi. Har bir konferensiya, o‘z navbatida, 5 jamoadan 3 divizionga bo‘linadi. Odatiy mavsum davomida har bir jamoa 82 o‘yindan o‘tkazadi. O‘yin natijalaridan kelib chiqib, pley-off ishtirokchilari saralab olinadi. Pley-off bosqichida jamoalar olimpiada tizimida – o‘z konferensiyasida 4 g‘alabagacha o‘zaro o‘yin o‘tkazadilar. Ikki konferensiya chempionlari asosiy finalda yuzma-yuz keladi va National Basketball Association chempioni maqomi uchun kurashadi.
 
NBA bosh idorasi [[New York (shahar)|Nyu-York]] shahri Beshinchi avenyudagi Olimpik-tauerning 19-qavatida joylashgan.