Massagetlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Massagetlar''' ([[yunon tili|yun.]] Massagetai) — [[Kaspiy dengizi]]ning sharqiy sohili, [[Orol dengizi]] atroflari, [[Amudaryo]] va [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryo]]ning quyi oqimida miloddan avvalgi 8— 4-asrlarda yashagan qadimiy sharqiy [[Eroniy xalqlar|eroniy]] qabilalar guruhining yunon adabiyotlarida uchraydigan umumlashma nomi bo'lib [[Skiflar madaniyati]]<nowiki/>ning bir qismini tashkil qilgan.<ref>Grousset, René. ''The Empire of the Steppes''. Rutgers University Press, 1989, <nowiki>ISBN 0-8135-1304-9</nowiki>, p. 547.</ref>
 
Massagetlar haqida fanda har xil fikrar mavjud. Ayrim olimlar fikricha, "Massagetlar" nomi "masyo" — "baliq" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, "baliqxoʻrlar" maʼnosini anglatgan. Boshqa bir fikrga koʻra, "Massagetlar" nomi "maye", "saka" va "ta" soʻzlaridan tarkib topib, "[[saklar]]ning katta uyushmasi"ni bildirgan. Uchinchi bir taxminga koʻra, "Massagetlar" soʻzi "mazagetlar" — "ulugʻ [[getlar]]" degani boʻlib, Massagetlarning oʻzi esa qadimiy xitoy manbalaridagi "da(katta) [[yuyechji]]lar" bilan aynan bir xalqdir. Bu fikrga S. P. Tolstoye ham qoʻshilgan, u Sirdaryoning quyi oqimi boʻyidagi arxeologik yodgorliklarni Massagetlarga mansub deb hisoblagan. S. P. Tolstovning fikricha, Massagetlar konfederatsiyasi tarkibiga [[xorasmiylar]], apasiaklar, sakaravaklar, sak-amyurgiylar, [[derbiklar]], toharlar ([[dahlar]]), osiylar (yatiylar, asianlar, [[usunlar]], yaksartlar), otasiylar (augasiylar, augallar) kirgan. [[Gerodot]]ning yozishiga koʻra, Massagetlar — koʻchmanchilar. Ular piyoda va otda jang qiladilar, otlarining koʻkraklariga sovut kiydirganlar. Koʻproq kamon, nayza va sagariy (oy-bolta) kabi jang qurollari ishlatganlar. Massagetlarning barcha jihoz va qurol-aslahalari mis va oltindan yasalgan. Roʻzgʻor buyumlarini esa boʻyoq bilan boʻyaganlar. Massagetlar malikasi [[Toʻmaris]] bilan boʻlgan jangda [[Axomaniylar davlati|Ahamoniylar davlati]] asoschisi [[Kir II Buyuk|Kir]] halok boʻlgan. [[Strabon]] maʼlumotiga koʻra, Massagetlar oftobga topinganlar va unga atab otlarni qurbonlik qilganlar. Strabon koʻchmanchilar bilan bir qatorda Orol boʻyidagi botqoqliklar va orolchalarda yashab, terimchilik va baliq ovlash bilan mashgʻul boʻlgan qavmlarni, shuningdek, [[xorazmiylar]] va otasiylarni Massagetlarga mansub deb bilgan.