xatoni to'g'irladim
(xatoni to'g'irladim) Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash |
|||
| sayt tili = }} '''Olmaliq''' — Toshkent viloyatidagi shahar (1951-yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km janubi-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shimoli-sharqida Qurama tizmasi, shimoliy va janubi-sharqda Chatqol tizmalari bor. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (18 km). Maydoni 10,8 km². Aholisi 114,6 ming kishi (2000; 1974-yilda 92,3 ming; 1959-yilda 40 ming kishi). Olmaliqda mis konining topilishi shaharning tez oʻsishiga sabab boʻldi. 1954-yil Olmaliqda qoʻrgʻoshin-rux fabrikasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. Olmaliqdagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Olmaliq yonida issiqlik elektr stansiyasi qurildi. 1963-yil mis eritish zavodi foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya kombinati toʻla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. Olmaliqdagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Shu sababli metallurgiya kombinatida rudadan oltingugurt ajratiladi va "Ammofos" korxonasiga yuboriladi.
Olmaliqda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi zavodi qurildi. Olmaliqda respublika qishloq xoʻjaligining 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari kombinati, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "Krvul-di" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmokda. Olmaliqga Toshkent— Angren temir yoʻldan shoxobcha chikarilgan. Toshkent — Olmaliq avtomobil yoʻli oʻtgan.
== [[Oʻzbekiston shaharlari hokimlari|Hokimlari]] ==
|