Austenit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
TXiKiBoT (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: el:Ωστενίτης
Emin (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:Phase_diag_iron_carbon.PNG|right|thumb|270px|Temir-Uglerod faza diagrammasi]]
{{Temir-uglerod qotishlamari}}
 
'''Austenit''' (<math>\gamma\,\!</math>-faza) - [[Temir-Uglerod]] qotishmalaring tarkibiy tuzilmalaridan biri. Ingliz tadqiqodchisi R. Austen (1843-1902) nomiga qo`yilgan. [[Uglerod]]li po`latlarda Austenit odatda 727°C dan (kritik nuqtadan) yuqori [[harorat]]lardagina barqaror bo`ladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, harorat 727°C ga yetganda [[Ferrit]] va [[sementit]]ga, ya`ni [[perlit]]ga parchalanadi. Austenitning [[kristall panjara]]si qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari Austenit tarkibidagi [[uglerod]] miqdoriga qarab o`zgaradi. 1147°C da <math>\gamma\,\!</math>-temirda eng ko`p miqdorda (2,14%) [[uglerod]] eriydi, binobarin, shu haroratda Austenit tarkibida 2,14% uglerod bo`ladi. Harorat pasaygan sari, Austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamaya borib, 727°C da 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq va [[plastik]]dir.