Difraksiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Sahifa yaratildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:Young diffraction.svg|thumb]]
[[Fayl:Doubleslit.gif|thumb]]
'''Difraksiya''' ({{lang-la|diffractus}} — singan degan ma'noni anglatadi) [[Toʻlqinlar|Toʻlqinlarning]] harakat yoʻnalishida uchragan toʻsiqlarni aylanib o'tishi difraksiyadir. Har qanday toʻlqin harakatiga tegishli, toʻlqin uzunligi toʻsiq oʻlchamiga teng yoki undan katta boʻlsa, difraksiya hodisasi roʻy beradi. Tovush, yorugʻlik nuri, [[rentgen nurlari]], [[Elektron|elektronlar]], [[Neytron|neytronlar]] tarqalganda difraksiya hodisasi kuzatiladi. [[Yorugʻlik difraksiyasi]], [[Zarralar difraksiyasi]], [[Radio-toʻlqinlar difraksiyasi]], [[Toʻlqinlar difraksiyasi]], [[Elektronlar difraksiyasi]], [[Rentgen nurlar difraksiyasi|Rentgen nurlar difraksiyalari hisoblanadi.]]Agar yorug‘lik yo‘liga ekran qo‘yilsa, uning orqasida soya sohasi paydo bo‘ladi. Tovushning yo‘lini to‘sish esa unchalik oson ish emas, uni devor orqasida turib ham eshitish mumkin. To‘lqinning geometrik soya sohasiga kirib borishi difraksiya deyiladi. To‘lqin uzunligi to‘siqning o‘lchamlari bilan taqqoslanarli bo‘lganida difraksiya namoyon bo‘ladi. Tovush to‘lqinlarining nisbatan uzunligi (ular metrlarda o‘lchanadi) tufayli, ular to‘siq chetlaridan osongina aylanib o‘ta oladi. Suvning sirtida ham to‘lqinlar difraksiyasini xuddi shu tarzda kuzatish mumkin. To‘lqin uzunligi mikrometrning ham ulushli tartiblarida bo‘lgan yorug‘lik difraksiyasini esa oddiy sharoitlarda kuzatish oson emas. Uzoq vaqt mobaynida yorug‘lik nurlari doimo to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi deb hisoblanar edi.
 
1815-yilda farang muhandisi O.Fernel, Napaleonning Elba orolidan qaytib kelishi munosabati bilan, unga qarshi harakatlarda qatnashganligi uchun, majburiy iste'foga chiqarilgan va o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i - Matyega jo‘nab ketgan. Tabiatan qiziquvchan bo‘lgan muhandis, o‘z vaqtini ko‘p qismini optik tadqiqotlar o‘tkazishga sarflagan. U ingliz olimi Tomas Yungning yorug‘lik interferensiyasi haqidagi tajribalaridan xabardor bo‘lib, ularni amalda takrorlashni maqsad qilib oldi. Biroq u, mazkur tajribalarda shunchaki takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki o‘ziga xos bo‘lgan jiddiy sinchkovlik va mulohazalar evaziga boshqa bir katta ilmiy muvaffaqiyatga erishishga muyassar bo‘ldi. U o‘zi qayd etgan natijalarni, Farang Fanlar akademiyasining 1818-yildagi ilmiy ishlar tanloviga taqdim etdi.
 
Fernelning tanlovga taqdim etgan ishini, o‘sha davrning eng obro‘li olimlaridan biri - Puasson boshchiligidagi hay'at ko‘rib chiqqan. Fernel keltirgan dalillar va natijalar hamda matematik aniqlikka ega ajoyib nazariya hay'at a'zolarining katta hayratiga sabab bo‘ladi. Biroq Puasson ushbu yangi nazariyani tekshirish orqali g‘alati bir paradoksga duch keladi. Tegishli hisoblashlarni bajargan Puasson, yorug‘lik manbai va ekran orasida turgan sharchaning ma'lum bir o‘lchami va vaziyatida sharcha orqasidagi ekranda soya o‘rnida yorug‘ dog‘ hosil bo‘lishini aniqladi. Bunga asoslanib Puasson, Fernelga uning nazariyasi yaroqsiz ekanligini ma'lum qiladi. Fernel bu tajribani o‘zi qilib ko‘rdi. Kutilmagan natija kuzatildi: haqiqatan ham sharcha orqasidagi ekranda yorug‘ dog‘ paydo bo‘ldi. Yorug‘lik difraksiyasiga oid bu tajriba yorug‘likning to‘lqin tabiatiga ega ekanligini tan olinishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
 
Bizning davrimizda faqat yorug‘lik to‘lqinlarining emas, balki yanada qisqaroq bo‘lgan rentgen nurlarining ham difraksiyasini kuzatishga muvaffaq bo‘lingan. Rentgen nurlanishlarining to‘lqin uzunligi atomlararo masofaga teng. Shuning uchun, agar kristallga rentgen nuri yo‘naltirilsa, ular og‘adi va difraksion manzara - lauegramma paydo bo‘ladi (kristallarda rentgen nurining difraksiyasini birinchi marta kashf etgan olim Maks fon Laue nomi bilan atalgan).
 
Lauegramma markaziy dog‘ atrofida bir tekis joylashgan turli intensivlikdagi dog‘lardan iborat. Olimlar lauegrammalarni o‘qish orqali kristallarning geometrik strukturasini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa kristallofizika uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
 
Agar ekran chekkasiga monoxromatik yorug‘lik yo‘naltirilsa, difraksiya manzarasi kuzatiladi. To‘g‘ri va og‘gan nurlarning interferensiyasi tufayli geometrik soya sohasi chegarasi yaqinida navbatlashuvchi yorug‘ va qorong‘u yo‘laklar (polosalar) tizimi (yoritilganlik minimumlari va maksimumlari) vujudga keladi.]]
 
== Adabiyot ==