Imom al-Buxoriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Umumiy tuzatishlar amalga oshirildi. Xato haqida xabar bermoqchimisiz? (Bot)
Qator 6:
| tasvir_izohi =
| ismi = Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy
| tavalludi = {{birthtugʻilgan datesanasi|810|7|19}}, [[Buxoro]]
| vafoti = {{deathvafot datesanasi andva ageyoshi|870|9|1|810|7|19}}, [[Samarqand]]
| maktabi =
| qiziqishi =
Qator 17:
'''Buxoriy''', Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, [[Buxoro]] — 870.31.8, [[Samarqand]] yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — [[islom]] olamining yirik mutafakkiri. [[Muhaddis|Muhaddislar]] imomi, [[hadis]] ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
 
Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, [[Muhammad|Muhammad (s.a.v)ningMuhammadning]] hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi.
 
Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, [[Arab xalifaligi|xalifalikning]] turli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan [[Makka|Makkaga]] kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan olimlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-yil [[Madina (shahar)|Madinaga]] boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning [[Sahobalar|sahobalari]], sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(s.a.v)ningMuhammadning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi.
 
Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy [[Hijoz]], Makka, Madina, [[Toif]], [[Jidda|Jiddaga]] qilgan safarlari 6 yil davom etgan. Soʻng [[Basra]], [[Kufa]] va [[Bagʻdod|Bagʻdodga]] safar qiladi. [[Shom]] va [[Misr|Misrga]] oʻtadi. Bundan tashqari [[Xuroson (tarixiy viloyat)|Xuroson]], [[Marv]], [[Balx]], [[Hirot]], [[Nishopur|Nishopu]]<nowiki/>r, [[Ray]], Jibol kabi shaharlarda boʻlib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar toʻpladi.
 
Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur boʻlgani [[Sahihi Buxoriy|“Al-jome’ as-Sahih”dir]]. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan boʻlgan ilmlarga oid bir qator oʻta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak boʻlgan bir nechta asarlar tasnif qildi: «Al-jome’ as-sahih», «<nowiki/>[[Al-Adab al-Mufrad|Al-adab al-mufrad]]<nowiki/>», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-sagʻir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al-kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba», «Kunyalar» va boshqalar. Ular orasidagi «Al-jome’ as-sahih» asari islom olamida [[Qurʼon|Qur’ondan]] keyingi eng muhim manba sifatida e’zozlanuvchi manba hisoblanadi.
 
Imom Buxoriyning hadislar toʻplash borasidagi qoʻygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan koʻra aniqroq boʻlgani sababli «Al-jome’ as-sahih» asari «Eng [[Sahih|ishonchli hadislar]] toʻplagan» nomiga sazovor boʻlgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini oʻzaro uchrashganlari ehtimoli mavjud boʻlsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari oʻzaro uchrashganini alohida koʻrgan guvohning e’tirofini ham shart qilib qoʻygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Asqaloniyning hisobiga koʻra «Al-jome’ as-sahih»dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qoʻshilsa, kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi.
Qator 31:
Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha [[madrasa]] va dorilfununlarida paygʻambar (as) sunnatlari boʻyicha asosiy darslik, qoʻllanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning oʻlmas merosi el-yurti bagʻriga qaytdi. Oʻzbekiston Respublikasi [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi|Vazirlar Mahkamasining]] „Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley toʻy-tantanalari boʻlib oʻtdi.
 
Alloma abadiy qoʻnim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlogʻida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang [[Buxoriy yodgorlik majmui]]). Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida [[Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti]] [[Islom Karimov|Islom Karimovning]] tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1998-yil 4 -noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamgʻarmaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „al-Jome as-sahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar oʻtkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000-yildan boshlab mazkur jamgʻarma oʻzining maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy [[Imom al-Buxoriy saboqlari|„Imom alBuxoriy saboqlari“]] jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-maʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sogʻlom idrok etilishiga yordam berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
 
Oʻzbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. [[Toshkent islom instituti|Toshkent Islom institutiga]] Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bagʻishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.VA u vafot etagldi