Birlashgan Qirollik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 84.54.122.40 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
MalikxanBot (munozara | hissa)
Umumiy tuzatishlar amalga oshirildi. Xato haqida xabar bermoqchimisiz? (Bot)
Qator 1:
{{Birlashgan Qirollik_info}}
'''Buyuk Britaniya''', '''Britaniya''', ({{lang-en|Great Britain}}) yoki '''Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi''' ({{lang-en|United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland}}) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan [[Atlantika okeani]], sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 68.081 million<ref name=cia>{{webveb manbasi|url=https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/uk.html|title=Buyuk Britaniya|accessdate=2011-11-03|work=The World Factbook|publisher=CIA|archivedate=2019-01-07|archiveurl=https://web.archive.org/web/20190107065049/https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/uk.html}} {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20190107065049/https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/uk.html |date=2019-01-07 }}{{ref-en}}</ref> kishi (2020-yil). Poytaxti — [[London]] shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi<ref>[https://timescanner.pro/United_Kingdom Buyuk Britaniya haqida maʼlumot]</ref>.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 84:
 
== Teatri ==
Birlashgan Qirollik teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogʻliq oʻyinlar va urfodatlardan boshlanadi. Oʻrta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-asrdan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-asr oxiri — 17-asr boshi Birlashgan Qirollik teatrining „oltin davri“ boʻldi. Bu davrda 3 xil teatr boʻlgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. 18-asrga kelib, teatr maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy oʻrinni egalladi. 19-asr dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga oʻtdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon shahrida Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961-yildan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. Birlashgan Qirollik teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (20-asr boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoʻyildi. 20-asrning 30—40-yillarida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963-yil Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rejissyorlarrejissorlar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud Birlashgan Qirollik teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. Birlashgan Qirollikdagi teatr oʻquv yurtlari: Qirollik drama sanʼati akademiyasi (1904-yildan), Bristol universitetining teatr fakulteti.
 
Birlashgan Qirollikda teatr raqsi oʻrta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol oʻynadi. Birlashgan Qirollikda „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor.
Qator 90:
Birlashgan Qirollik sirki 18-asrda laydo boʻlib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. U ot oʻynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol oʻynadi. Birlashgan Qirollikda yezda koʻchma sirklar ishlaydi.
 
Kinosn. Birlashgan Qirollikda kino ishlab chiqarish 1896-yildan boshlandi. 1929-yil birinchi tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932-yilda tashkil etgan „London filme“ firmasi Birlashgan Qirollik va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi („Pigmalion“, rejissyorrejissor A. Askvit, „39 qadam“, rejissyorrejissor A. Xichkok kabi). Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Magʻrur vodiy“, rejissyorrejissor P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rejissyorrejissor R. Boulting, „Yongʻinlar boshlandi“, rejissyorrejissor X. Jennings) ilgʻor tamoyillar kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rejissyorrejissor L. Olivye, „Oliver Tvist“, rejissyorrejissor D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar ishlab chiqarishda „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (195659). 6070-yillarga oid „Oʻziga xos ishq“ (rejissyorrejissor J. Shlezinger), „Yolgʻonchi Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rejissyorrejissor L. Anderson), „Qanday saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem Birlashgan Qirollik kinosining mashhur artistlaridir.
 
== Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlari ==