Italiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
Umumiy tuzatishlar amalga oshirildi. Xato haqida xabar bermoqchimisiz? (Bot)
Qator 4:
 
== Davlat tuzumi ==
Italiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 -yil 22 -dekabrda qabul qilingan va 1948 -yil 1 -yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi – prezident (1999 -yil maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.
 
== Tabiati ==
Qator 22:
 
== Tarixi ==
Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro shahri yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogʻi yaqinidagi Barma-Grande gʻoridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat beradi. Shimoliy Italiyada jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, oʻrta Italiyada unga turdosh boʻlgan madaniyatlar nishonalari juda koʻp. Temir davrshxa Italiya hududida paydo boʻlgan bir qancha madaniyatlar koʻpgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakchi boʻlgan. Mil. av. 2–1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha boshlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub boʻlgan sabinlar bilan birga lotinlar [[Rim]]ga asos solganlar (mil. av. 754–53-yillar). Mil. av. 5–3asrlarda Italiya hududi qad. Ashning asosiy qismi boʻlgan. Mil. 5-asrgacha, yaʼni Italiya [[Rim]] davlati tarkibiga kirgan davrgacha boʻlgan Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tu-zumi shakllanganligi haqida Qad. [[Rim]] maqolasiga qarang .
 
Mil. 3-asrda, asosan, Italiya hududidan iborat boʻlgan [[Rim]] imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi [[Rim]] imperiyasi davrida butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi. 4–5-asrda Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar [[Rim]] imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-asr boshlarida Italiyaga kirib kelgan vestgotlar 413 yilda [[Rim]]ni ishgʻol qildilar. 455 yilda [[Rim]] vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy [[Rim]] imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati oʻrnatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554 yil Italiyani Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 yil Pragmatik sanksiya chiqardi, bu qujjat [[Rim]] imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568 yilda Shimoliy Italiyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo [[Rim]]dagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. [[Rim]] xususiy mulkchiligi taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751 yilda langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556 yilda franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, [[Rim]] dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach, papalarning te-okratik davlati (Papa viloyati) tarkib togshi. 773–74 yillarda Italiyani franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda Italiya qirolligi tashkil topdi. Buyuk Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl sulolasidan boʻlgan Karl III agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida Italiya taxti uchun kurash avj oldi. 9-asrda Italiyaga janubidan arablar, shimolidan vengerlar hujum qildi. 10-asrning 2-yarmidan 12-asr boshlarigacha Italiyaning koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10–11-asrlarda Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 – 12-asrlarda Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari–sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach, hokimiyat senordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining, boy savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va Italiya iqtisodiyotining rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boʻldi, bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat shakli – respublika tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu qismida 11 –12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib keldi. 12–13-asrlarda Italiya shaharlarining qoʻllab-quv-vatlashi bilan qishloq kommunalari vujudga kela boshladi, ular oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan ozod boʻlishlari bilanoq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12–13-asrda Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi Italiyaga bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158 -yilda imperator chiqargan Ronkal qaroriga bino-an Italiya kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi. 1162 -yilda german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy markazi boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167 -yilda Shimoliy Italiya shaharlari birlashib, "Muqaddas [[Rim]] imperiyasi" imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy oʻzligini anglash unsurlari paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183 -yil Konstansa sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar.
 
11-asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik munosabatlari Shimoliy va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi. 13-asrda ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va "Muqaddas [[Rim]] imperiyasi" imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz xukmronligini bu-tun Italiyaga yoyishga behuda urindi. 13-asr 60-yillarda Janubiy Italiya oʻziga Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282 -yildagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-asr oxiri – 14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15-asr oʻrtalarida Janubiy Italiyani ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu tariqa Italiya janubiy ispanlar xukmronligi ostiga oʻtdi.
 
13-asrda Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi ilgʻor shaqar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut toʻqish ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya). Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantirish uchun foydalanildi. Hunarmandchilikning kengayishi shahar-davlatlarning oʻziga qarashli hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy qaramlik) dan ozod qilishiga imkon berdi. Deh-qonlarning koʻpchiligi shaharlarga koʻchib, ustaxonalardagi yollanma ishchilar safini toʻldirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiya shaharlarida savdogarhunarmandlar bilan zamindorlar oʻrtasida shiddatli kurash natijasida zamindorlar siyosiy huquqlaridan mahrum boʻldilar.
 
Shimoliy va Oʻrta Italiya shahar va qishloklarida ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi tufayli 14–16-asrlarda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi va rivojlani-shiga olib keldi. 14-asr Shimoliy va Oʻrta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma ishchilar necha oʻn minglab ki-shiga yetdi, asosan movut toʻqimachiligida manufaktura paydo boʻldi. 14–15-asrlarda xalq qoʻzgʻolonlari kuchayib borishidan choʻchigan "semiz" popolanlar shaharlarda respublika idora usulini tiraniya bilan almashtirdilar. 15-asrda Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-asr 2-yarmida Italiyada reaksiya kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada maʼrifatparvarlik oqimini keltirib chiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanishi va maʼrifatparvarlik harakati Italiya tarixida yangi davr – chet el hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab boʻldi. 1789 – 94 yillarda Fransiyada boʻlib oʻtgan inqilob Italiyadagi inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham yakobinchilar harakati paydo boʻldi. 1796–97 yillardagi Napoleon yurishidan soʻng Italiya Respublikasi (1797) tuzildi. 1799 -yil A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini Italiyadan surib chikardi. Lekin 1800 -yil Napoleon armiyasi Italiyaga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qoʻshib olindi, Sizalpin (1802 -yildan Italiya) Respublikasi Italiya qirolligiga aylantirildi (Napoleonning oʻzi imperator edi). Shunday qilib, butun Italiya (Sardiniya va Sitsiliya o.laridan tashkari) Fransiya qoʻl ostida birlashtirildi. 1814 -yildan Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi (1814–15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va koʻplab qirolliklarga boʻlinganligini rasmiylashtirdi. 19-asr 40-yillaridan Lombardiya, soʻngra Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi.
 
1848–49 yillarda inqilob sodir boʻldi. Fransiya, Avstriya hamda Italiya zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860 -yil may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy yurish Italiyani birlashtirishda muhim rol oʻynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga birlashtirildi, 1861 -yildan Pyemont birlashgan Italiya qirolligi deb yuritildi. 1870 -yilga kelib Italiya birlashtirib boʻlindi va u bosqinchilik yoʻlini tuta boshladi. Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzdi (1882). Italiya qoʻshinlari 1889–90 yillarda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbagaduch keldi. 1911 – 12 yillardagi Italiya turkiya urushi natijasida Italiya Liviyani bosib oldi. 1916 -yil 27 -avgustda Italiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. Urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Urushning ogʻir oqibatlari va iqtisodiy tanglik Italiyada gʻalayonlar boshlani-shiga olib keldi. Ayniqsa, Turin ishchilarining qoʻzgʻoloni juda kuchli boʻldi. Inqilobiy kuchlarning tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922 -yil 31 -dekabrda B. Mussolinini keltirib qoʻydi. Mussolini hukumati demokratik kuchlarga qarshi kurash boshladi. 1929–33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Italiya iqtisodiyotini mushkul ahvolga solib qoʻydi. Shunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi urushga hozirlik koʻra boshladi. 1935 -yil 3 -oktabrda Italiya urush eʼlon qilmasdan Efiopiyaga hujum boshlab, 1936 -yilning may oyida uni va 1939 -yilda Albaniyani bosib oldi. Italiya Millatlar Ittifoqidan chiqib, "Antikomintern pakti"ga qoʻshildi (1937) va gitlerchilar Germaniyasining asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940 -yil oktabrda Italiya Gretsiyaga, 1941 -yil aprelda Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941 -yil 22 -iyunda Italiya sobiq SSSRga urush eʼlon qildi, sharqiy frontga italyan ekspeditsion korpusi (1942 -yildan armiya)ni yubordi. Lekin 1943 -yil Italiya qoʻshinlari sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qoʻ-shinlari bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va hukumatning marshal P. Badolo koʻliga oʻtishiga sabab boʻldi (1943 -yil 25 -iyul). Badolo Angliya-Amerika qoʻmondonligi bilan yarash (soʻzsiz taslim boʻlish) shartnomasiga yashirincha imzo chekdi. Bundan xabardor boʻlgan Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq qoʻgʻir-choqhukumat tuzdi. 1943 -yil kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1944 -yil aprelda barcha antifashist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat (Badolo boshliq) tuzildi. Umumxalq qurolli koʻzgʻoloni natijasida 1945 -yil aprelda mamlakat fashistlardan ozod boʻldi. 1946 -yil 2 -iyunda respublika eʼlon qilindi.
 
Italiya–1945 -yildan BMT aʼzo-si. 1992 -yil 10 -yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suve-renitetini tan oldi va oʻsha yil 24 martda diplomatiya munosabati oʻrnatdi. Milliy bayrami – 2 -iyun – Respublika eʼlon qilingan kun (1946); 1977 -yildan 2000 -yilgacha iyunning birinchi yakshan-basida nishonlangan.
 
Trir shahri devorlarining shi-moliy darvozasi (qurilish 180 yilda boshlangan, ammo nihryasiga yetmagan).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
"Olgʻa, Italiya" partiyasi, 1993 -yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996 -yil partiyaga aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848 -yilda asos solingan, 1944 -yilda kayta tiklangan,1994 -yil martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya Xalq partiyasi, tugatilgan Xristiandemokratik partiya negizida 1994 -yil 18 -yanvarda rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991 -yil tashkil etilgan; Italiya respublikachilar partiyasi, 1832 -yildan faoliyat koʻrsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947 -yilda tuzilgan, 1966 -yilda Sotsialistok partiya bilan qoʻshilgan, 1969 -yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya sosialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994 -yil tuzilgan;Italiya sotsialistok partiyasi, 1892 -yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906 -yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948 -yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950 -yilda tuzilgan.
 
== Iqtisodiyoti ==
Qator 60:
 
== Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari ==
Italiyadagi zamonaviy xalq taʼlimi tizimi 19-asrning 2-yarmidan tarkib topa boshlagan. 1859 -yilda 6–9 yoshdagi bolalarning majburiy taʼlimi toʻgʻrisida qonun (Kazati qonu-ni) qabul qilingan edi. Italiyada 6–14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga, asosan, diniy tashkilotlar taʼminotidagi xususiy maktablar ham mavjud. Xalq taʼlimi tizimiga quyidagilar kiradi: 3–5 yoshli bolalar uchun majburiy boʻlmagan maktabgacha tarbiya muassasalari, majburiy maktablar (6– 11 yoshli bolalar uchun 5 yillik boshlangʻich va 3 yillik quyi oʻrta maktab), majburiy maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim va hunar taʼlimi beradigan toʻliqoʻrta umumiy taʼlim maktablitseylari (5 yil taʼlim beradigan mazkur oʻquv yurtini bitirganlar universitetga kirish huquqini oladi), oʻrta ped. oʻquv yurtlari (boshlangʻich maktab muallimlarini tayyorlovchi 4 yillik oʻqituvchilar institutlari va maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarini tayyorlovchi 3 yillik ped. maktablari), hunar oʻquv yurtlari (malakali ishchilarni tayyorlovchi 3 yillik hunar institutlari, oʻrta texnika maʼlumotli xodimlarni tayyorlovchi texnika institutlari), oʻrta badiiy va musiqa oʻquv yurtlari, oliy oʻquv yurtlari (universitet va oliy maktablar). Italiyada 27 ta universitet, 50 dan ortiq davlat va xususiy oliy maktablari hamda xususiy universitetlar bor. Yirik universitetlari: Bolonya universiteti, [[Rim]] universiteti, Neapol universiteti, Milan, Bari, Genuya va b. shaharlardagi universitetlar. Italiyada 150 yirik kutubxona, jumladan, [[Rim]]da 31, Milanda 19, Neapolda 19, Florensiyada 9, Turinda 6 kutubxona bor. 170 dan ortiq muzey va rasm galereyalari mavjud. Eng mashhurlari: [[Rim]]dagi Milliy muzey, Julia muzeyi va villasi, Borgeze muzeyi va galereyasi, antik sanʼat galereyasi, zamonaviy sanʼat milliy galereyasi, Florensiyadagi Milliy muzey, arxeologiya muzeyi, rasm galereyasi (jumladan, Uffitsi galereyasi), Messina, Neapol, Palermo, Peruja, Venetsiyadagi muzeylar.
 
Tadqiqotlar milliy kengashi (1923) atom energiyasi masalalaridan tashqari barcha fan sohalarini boshqaradigan va unga rahbarlik qiladigan asosiy davlat tashkilotidir. Unga ilmiy tadqiqot institut va tadqiqot markazlari, laboratoriyalar boʻysunadi. Kengash Italiyaning xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshiradi. Atom energiyasi Milliy komiteti atom energiyasi sohasidagi tadqiqot ishlarini boshqaradi. Italiyada bir necha akademiya, jumladan, Dei Linnei milliy akademiyasi, Milandagi tabiiy fanlar va adabiyot akademiyasi (1803), Palermo, Turin, [[Rim]] va b. shaharlarda Tibbiyot Fanlar akademiyasilari bor. Universitetlar qoshida ilmiy muassasalar ishlaydi. Yadro fizikasi milliy instituti mamlakatda shu sohada olib boriladigan barcha tadqi-qot ishlarini birlashtiradi. 20 dan ziyod institutda qishloq xoʻjaligi fanlari sohasida tad-qiqot olib boriladi. Sogʻliqni saklash vazirligi biol., kimyo, farmakologiya, gigiyena va b. sohalardagi ishlarni na-zorat qilib turadi. Italiyada ayrim xalqaro tadqiqot markazlari – Neapolda Genetika va biofizika instituti, Triyestda Nazariy fizika markazi, Ud ineda Mexanika markazi, Isprada Yadro tad-qiqotlari markazi mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Italiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng yiriklari: "Messajero" ("Xabarchi", kundalik gazeta, 1878 -yildan), "Korryere della sera" ("Kechki xabarnoma", kundalik gazeta, 1876 -yildan), "Stampa" ("Matbuot", kundalik gazeta, 1868 -yildan), "Diskussio-ne" ("Bahs", haftalik jurnal, 1953 -yildan), "Mondo operayo" ("Ishchi dunyo-si", haftada 2 marta chiqadigan jurnal, 1948 -yildan), "Panorama" (haftalik jurnal, 1962 -yildan), "Unita" ("Birlik", kundalik gazeta, 1924 -yildan), "Repubbli-ka" ("Respublika", kundalik gazeta, 1976 -yildan). Italiyada 1924 -yildan radioeshittirish, 1954 -yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. Italiya radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar xizmati – RAI-TV 1924 -yilda tashkil etilgan. Ajensiya Natsionale Stampa Assochata (ANSA) axborot agentligi 1945 -yildan, Ajensiya Jornalistika Italia (AJI) axborot agentligi 1950 -yildan beri ishlaydi.
 
Adabiyotining ilk namunalari oʻrta asrlarda lotin tilida yaratilgan (asosan, liniy qasidalar, afsonalar, voqeiy qissalar toʻqilgan). Italyan adabiyotida antik yunon va rim adabiyoti anʼanalari va sharq madaniyatining taʼsiri kuchli boʻlgan. 12–13-asrlarda xalq tilida diniy va dunyoviy adabiyot namunalari ("Novellino", "Yetti do-nishmand kitobi" va boshqalar) yaratildi. 13-asrda tashkil topgan "Yoqimli yangi us-lub" falsafiy sheʼriyat maktabi namoyandalari (G. Gvinitselli, G. Kavalkanti, Chinoda Pistoya, D. Freskobaldi) chin muhabbatni kuyladilar. Italiya adabiyotining buyuk vakili Dante ijodi shu maktab taʼsirida shakllan-di va rivoj topdi. Uning ijodi italyan adabiyoti va adabiy tilini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Italiyada gumanistik dunyokarash va yangi adabiyot erta vujudga keldi. F. Petrarka, J. Bokkachcho, L. Ariosto va b. adiblar istibdodni, diniy jaholatni fosh etdilar. U rta asrlarda Italiyada komediya janri rivojlandi. Bu janrda B. Bibbiyena, N. Makiavelli, P. Aretino ajoy-ib asarlar yaratishdi.
Qator 86:
Italiya – mashhur ashulachilar, opera, zamonaviy nota yozuvi va fortepiano vatani. Uvertyura, simfoniya, kantata va b. musika janrlari Italiyada yara-tilgan. Barkarola, gondolyera, frotol-la, vilanella kabi qoʻshiq turlari, galyarda, sitsiliana, tarantella raqslari folklor asosida paydo boʻlgan. Xalq musiqasining boy manbalari cherkov va Italiya professional musiqasiga zamin boʻlgan. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa rivojlandi. 14-asrda Are Nova maktabi, 15–16-asrlarda musika akademiyalari yuzaga keldi. 16–17-asrlarda vokal-cholgʻu musiqaning oratoriya, kantata singari yangi turlari paydo boʻldi. Florensiya va Neapolda gomofoniya uslubi taraqqiyoti taʼsirida opera sanʼati shakllandi. Ya. Perining "Dafna" (1594) operasi mazkur janrning ilk namunasidir. K. Monteverdi tarixda birinchi boʻlib ommaviy opera teatrini ochdi (1637). 18-asrda opera va milliy ashula sanʼati keng rivojlandi, belkanto uslubi paydo boʻldi. Florensiya, Bolonya, Neapol teatrlarida J. Pergolezi, A. Salyeri, J. Paiziyello va b.ning rang-barang operalari sahnalashtirildi. 18-asrda buff opera shakllandi, yangi opera teatrlari ochildi. A. Vivaldi, D. Skarlatti, J. Tartini kabi sozanda kompozitorlar konsert, sonata janrlariga asos soldi. N. Paganini oʻzining noyob ijrochilik mahorati va romantik asarlari bilan mashhur. 19-asr opera sanʼati ijtimoiysiyosiy karashlar taʼsirida rivojlandi. J. Rossini, V. Bellini, G. Donitsetti, J. Verdi operalarida xalqning ozodlikka intilishi oʻz ifodasini topdi. 19-asr oxirida R. Le-onkovallo, Sh. Puchchini va b. kompozitorlarning operalarida hayotni haq-qoniy ifodalashga yoʻnalgan verizm uslubi yuzaga kelgan. O. Respigi, A. Kazella va b.ning ijodida musiqiy impressionizm hamda neoklassitsizm uslublari rivoj topgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Italiya musiqasida tinchlik, ozodlik uchun, fashizmga karshi kurash mavzulari muhim oʻrin oldi. 50-yillardan avangardizm taʼsiri kuchaydi. L. Dalla-pikkola, L. Berio, L. Nono asarlarida ichki ziddiyat oxanglari yangraydi, yuksak gʻoyaviy ifoda vositalarining murakkabligi, toʻqimaliligi bilan qoʻshilib ketadi.
 
Zamonaviy italyan kompozitorlari orasida R. Vlad, J. F. Gedini, I. Montemetssi, G. Petrassilar alohida ajralib turadi. Mashhur dirijyorlari: A. Toskanini, P. Arjento, V. De Sabata, G. Kantelli, V. Ferrero, K. Sekki, K. Abbado; xonandalari: J. Simonato, R. Skotto, A. Stella, R. Tebaldi, J. Bekki, T. Gobbi, E. Karuzo, M. Del Monako, L. Pavarotti va b. Teatrlaridan "La Skala" (Milan), "San-Karlo" (Neapol), "Feniche" (Venetsiya), [[Rim]] operasi va b. jahonga mashhur. 1970-yillardan Italiya estrada sanʼati namoyandalari jahon miqyosida tanilgan (T. Kutuno, A. Chelentano, A. va R. Pauer, J. Morandi, R. Kara, Pupo, R. Fogli, F. Papetti va boshqalar). Yangi musika korporatsiyasi (1923 -yildan), Musiqashunoslar jamiyati, 14 ta konservatoriya, koʻpgina musiqa litseylari, maktablari, ilmiy institutlari (jumladan, Verdi merosini oʻrganish instituti) bor. Venetsiya, Florensiya, Verona kabi shaharlarda har yili musiqa festivallari oʻtkaziladi.
 
Oʻzbekiston teatrlarida Italiya kompozitorlari (J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, R. Leonkavallo, V. Bellini va boshqalar)ning operalari ("Sevilya sar-taroshi", "Traviata", "Rigoletto", "Aida", "Otello", "Chiochio-San", "Masharabozlar", "Luchiya de Lamermur" va boshqalar) muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan.
 
Teatr sanʼatining kurtaklari xalq marosimlari, karnaval bayramlari va oʻyinlariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda katolik cherkoviga manzur boʻlgan liturgik drama, misteriya, lauda janrlari ustun edi. Uygʻonish davrida dunyoviy pyesalar, komik janr rivojlandi. 16–18-asrlarda professional teatr vujudga keldi, sahnalarni dekoratsiya bilan bezash tartib-qoidalari ishlab chiqildi. Xalq ijodi taʼsirida "niqoblar komediyasi" rivoj topdi. 18-asrda teatr sanʼatiga maʼrifatparvarlik gʻoyalari singdirildi. K. Goldonining dramaturgiyadagi isloqotchilik faoliyati katta roloʻynadi. 18-asr oxirlarida inqilobiy harakatning avj olishi natijasida jahon dramaturglarining eng yaxshi asarlari sahnalashtirildi. E. Rossi, T. Salvini, E. Duze, A. Ristori kabi atoqli artistlar yeti-shib chikdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida Italiya adabiyotidagi, ayniqsa dramaturgiyadagi oqim va tamoyillar teatrda oʻz ifodasini topdi. Fashistlar diktaturasi yillarida Italiya teatri butunlay tush-kunlikka uchradi. Fashizm tor-mor etilgach, demokratik kuchlar taʼsirida Italiya teatri yana jonlandi. L. Viskonti, E. De Filippe, J. Streler, L. Sku-arsina gumanistik ruxdagi asarlarni sahnalashtirdi. Dastlabki doimiy teatr ("stabile")lar vujudga keldi. [[Rim]], Milan, Genuya, Turin teatrlari jahon klassikasi va mahalliy mualliflarning asarlarini koʻrsata boshladi. Kuchma truppalar ham mavjud. V. Gasman, J. Le Lullo, F. Dzefirelli kabi rejissyorlarrejissorlar, A. Proklamer, G. Mauri, P. Stoppa, V. Marikoni va b. aktyorlar mashhur.
 
== Kinosi ==
1895 -yil "Milan vokzaliga kelgan poyezd" nomli birinchi hujjatli film (rejissyorrejissor I. Pakkoni) yaratildi. 1901 i. Florensiya va [[Rim]]da dastlabki kinoteatrlar ochildi. Ammo 1904 i. Turinda hujjatli-xronika filmlari studiyasi ochilganidan keyin ha-qiqiy italyan kinematografiyasi vujudga keldi. 1905 -yilda F. Alberini bilan D. Santoni [[Rim]]da oʻz kinostudiya-sini tashkil etdi (1906 -yildan u "Chi-nes" deb atala boshladi). 1905–06 yillardan Turin va Milandagi kinofirmalar badiiy filmlar ishlab chiqarishga kirishdi. 1905 -yilda "Chines" ommaviy sahnalarga boy boʻlgan birinchi italyan filmi – "[[Rim]]ning ishgʻol qilinishi", soʻng-ra Italiyaning birlashtirilishiga bagʻishlangan turkumli kartinalarni yaratdi. 1909–10 yillarda "Kitilina", "Makbet", "Anita Garibaldi", "Don Karlos", "Otello", "Beatriche Chenchi" va b. filmlar ekranga chiqarildi. Italiya kinosi 1913 -yilda yuksak pogʻonaga koʻtarildi, uning 497 filmi xorijiy kino bozorini toʻldirib yubordi. Bu davrda M. Kazerini, E. Benchivenga, D. Le Liguoro, E. Guatssioni, L. Maji, B. Negroni, D. Pastrone kabi rejissyorlarrejissorlar ijod qildilar. Fashistlar xukmronligi davrida (1922–43) Italiya kino sanʼati natsizmning tashvikrt vositasiga aylandi. Shunga karamay, A. Blazetti va M. Kamerini suratga olgan filmlarda Italiya hayotidagi illatlar fosh qilindi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Italiya kino sanʼatida haqiqiy voqelikni aks ettiradigan progressiv yoʻnalishdagi filmlar yaratila boshladi. L. Viskonti, J. D. Santis, P. Jermi, Ch. Dzavettini, E. de Filippo va b. Italiya xalqining fashizmga qarshi kurashini, oddiy insonning hayotini kinotasmalarda real aks ettirdilar ("[[Rim]], soat II", "Zaytunlar ostida tinchlik yoʻq", "Chochara" va boshqalar). Keyingi yillarda "Ita-lyancha nikoh", "Italyancha ajralish", "Har kimniki oʻziga...", "Sakko va Van-setti", "Ular Sharqqa boradilar", "Kungaboqar" kabi filmlar yaratildi. Italiyadagi 40 dan ortiq kinofirma yiliga 200 dan ziyod film ishlab chiqaradi. Kinoaktyorlar orasida A. Manyani, J. Mazina, S. Loren, J. Lol-labrijida, K. Kardinale, S. Sandrelli, M. Mastroyanni, J. M. Volonte, F. Nero, A. Sordi, U. Tonyassi, M. Vitti, M. Plachido va b. mashhur. 1970–90 yillardagi eng yaxshi filmlardan "Peshayvon" (rejissyorrejissor E. Skola), "Gul ki-shining fojiasi" (rejissyorrejissor B. Bertoluchchi), "Ayollar shahri" (rejissyorrejissor F. Fellini), "Uch oga-ini" (rejissyorrejissor F. Rozi)ni koʻrsatish mumkin.
 
== Oʻzbekiston – Italiya munosabatlari ==
Qator 102:
Italiya juda uzoq va buyuk tarixga ega. U er Etruriya va Rim kabi ko'plab Evropa madaniyatlarining beshigi sanaladi, keyinchalik Buyuk Evropa Renesansi ham aynan Italiyada boshlangan. Italiyaning poytaxti Rim shahri G'arb tsivilizatsiyasining o'choqlaridan biridir, shu bilan birga u Katolik Cherkovining markazi hisoblanadi.
 
Bugungi kunda Italiya demokratik respublika bo'lib, YaIMning hajmi bo'yicha 7-o'rinda, aholining turmush darajasi bo'yicha jahonda 8-o'rinda turuvchi rivojlangan mamlakatdir. Italiya hozirgi Evropa Ittifoqining ilk ta'sischi 6 mamlakatidan biridir (1957 -yil imzolangan Rim Bitimi), shuningdek u Buyuk Sakkizlik (G8) mamlakatlari, Evropa Kengashi, G'arbiy Evropa Ittifoqining a'zosi sanaladi. 2007 -yil 1 -yanvardan Italiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Havfsizlik Kengashining a'zosi hisoblanadi.
 
== Geografiyasi ==
Qator 114:
 
== Aholisi ==
ISTAT (Italiya Statistika Qo'mitasi)ning so'ngi baholashiga ko'ra 2007 -yilning fevral oyi holatiga Italiyada aholisi 59.206.382 kishini tashkil qiladi. Italiya aholi soni bo'yicha Evropada to'rtinchi (Germaniya, Frvntsiya va Buyuk Britaniyadan so'ng), jahonda 22-o'rinda turadi. Aholi sonining o'sishi asosan immigrantlar va 79,81 yilni tashkil qiluvchi o'rtacha hayot uzunligining o'sishi bilan bog'liq. Aholi zichligi bo'yicha Italiya bir kvadrat kilometrga 196 kishi bilan Evropada beshinchidir. Savodxonlik ko'rsatkichi 98% ni tashkil qiladi, majburiy maktab ta'limi 6 yoshdan 18 yoshgachadir. Butun aholining taxminan 2/3 qismi shaharlarda yashaydi, lekin ushbu ko'rsatkich boshqa g'arbiy Evropa mamlakatlaridan ancha kamdir.
 
== Viloyat, Provinsiya va Munitsipalitetlari ==
Qator 120:
 
== Iqtisodiyoti ==
Xalqaro Valyuta Fondining ma'lumotlariga ko'ra 2006 -yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu ko'rsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-o'rinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xo'jaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra Italiya 2004 -yilda sanoat mahsulotlari eksporti bo'yicha 6-o'rinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan bo'lsa, janubiy qismlarda qishloq xo'jaligi rivojlangan. Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999 -yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.
 
== Foydali havolalar ==