Sudan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
Umumiy tuzatishlar amalga oshirildi. Xato haqida xabar bermoqchimisiz? (Bot)
Qator 6:
 
== Davlat tuzumi ==
S — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-yil 30 -iyunda kabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1993-yildan Umar Hasan Ahmad alBashir), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 15:
 
== Tarixi ==
S. hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-asrdan Nubiya) da qad. misrliklarga yaqin boʻlgan somxom va kushit qabilalari istiqomat kilganligi maʼlum. Mil. av. 2ming y.likda janubidan kelgan negroid qabilalar ularga qoʻshilib ketgan. Mil. av. 16— 12-asrlarda S. Misrga tobe boʻlgan. Mil. 6-asrda xristianlik tarqala boshladi. 7-asrga kelib, S.da Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo boʻldi. 7-asr oʻrtalaridan arablar kirib kela boshladi. Natijada mamlakat shimoliy va gʻarbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. 14-asr oxiri — 16-asr boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sennar sultonliklari va boshqalar) vujudga keldi. 1820—22 yillarda S.ning katta qismini Misr hukmdori Muhammad Ali bosib oddi. S. garchi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan boʻlsada, amalda Misr mulkiga aylandi. 19-asrning 60y.lari oxiri — 70 yillarboshlaridan S.da Buyuk Britaniya taʼsiri kuchaya boshladi. Ingliz mustamlakachilarining shafqatsiz zulmiga qarshi xalq ommasi koʻp marta qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang [[Mahdiychilar qoʻzgʻoloni]]). 1899-yil inglizlar S.ni Buyuk Britaniya bilan Misrning mushtarak mulki (kondominium) deb eʼlon qiladigan bitimni Misrga majburan imzolatdi. S. rasman AngliyaMisr Sudani deb atala boshladi. S. amalda Angliyaning mustamlakasiga aylanib, uning asosiy paxta bazasi boʻlib qoldi. Sharqsa milliy ozodlik kurashi yuksalgan sharoitda S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida S. harbiy qismlari Eritreya, Misr, Liviya, Tunisda fashist davlatlari qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. Urushdan keyin mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1955-yil noyabrda ingliz va Misr qoʻshinlari Sdan olib ketiddi. 1956-yil 1 -yanvarda S. mustaqil davlat deb zlon qilindi. 1958—64 yillarda Sda diktatorlik rejimi oʻrnatildi. 1969-yil davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni J. Nimeyri boshliq harbiylar qoʻlga oddi. 1972-yil S janubi muxtoriyat maqomini olgach, 17 yillik fuqarolar urushiga chek qoʻyildi. 1980-yildan, ayniqsa, islom qonunchiligi butun mamlakatga joriy etilganidan (1983) keyin, janubida yana fuqarolar urushi boshlandi. 1985-yilda Nimeyri rejimi agʻdarib tashlandi va 1986-yilda S alMaxdi boshchiligida koalitsion hukumat tuzildi, siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. 1989-yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, Milliy najot inqilobiy qoʻmondonligi Kengashi oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ boʻlib oldi, u 1993-yil Umar Hasan Ahmad alBashirni mamlakat prezidenta etib tayinladi va oʻzini oʻzi tarqatib yubordi. 1999-yil 1 -yanvardan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. 2000-yil 13—22 -dekabrda prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. U.H.A. alBashir yana S. prezidenti etib saylandi. S. 1956-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 -yanvar — Mustaqillik kuni (1956). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30 -dekabrda tan olgan.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 50:
 
== Kinosi ==
1968-yil oʻquv va voqeiy filmlar ishlab chiqaradigan kino boshkarmasi tashkil etildi. 1960—70 yillarda toʻla metrajli "Umid va orzular" (rejissyorrejissor arRashid Mavdi), "Avlodlar kurashi", "Akauka mojarosi" (rejissyorrejissor A. Hoshim), "Afrika, inqilob bongi" (rejissyorrejissor Sulaymon) badiiy filmlari yaratildi. Filmlarni kinoprokat va import qilish bilan xususiy firmalar shugʻullanadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->