Slovakiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatishlar
MalikxanBot (munozara | hissa)
Umumiy tuzatishlar amalga oshirildi. Xato haqida xabar bermoqchimisiz? (Bot)
Qator 5:
 
== Davlat tuzumi ==
Slovakiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 1 -sentabrda qabul qilingan (1999-yil tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi – prezident (2019-yildan Zuzana Čaputová), u umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament – Milliy kengash, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Slovakiya hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlganligi maʼlum. Mil. 3–4-asrlarda slavyanlar koʻchib kelgan va 1ming yillik oʻrtalarida yetakchi etnik guruh boʻlib qolgan. 7-asrda S ilk slavyan Samo davlati tarkibiga, 9–10-asrlarda Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirgan. 11-asr oʻrtalarida Slovakiyani vengerlar bosib olib, chexmorava va slovak qabilalari asosida yagona elat hosil boʻlish jarayoniga xalaqit berdilar. 13–14-asrlarda Slovakiya nemislar kuliga oʻtdi. 16-asr oʻrtalarida Sningjan.ni turklar bosib oldi, qolgan xududi 17-asr oxirida Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kiritildi. 1718-asr boshlarida Slovakiyada bir necha bor dehqonlar qoʻzgʻoloni (1618, 1631-32, 1648, 1660, 1711), hunarmand va shahar yoʻqsillarining norozilik chiqishlari (1606, 1609, 1626, 1632, 1640) boʻldi. Slovakiya dehqonlari Rakotsi Ferens harakatida (1703–11) qatnashdilar. 1848–49 yil Avstriya inqilobi vaqtida Slovakiya milliy harakati arboblari demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishni, slovak xalqining milliy teng huquqliligini talab qilib chiqdilar, ammo Vengriya hukumati bu talabni rad qildi. Avstriya-Vengriya davlati tashkil topishi (1867) bilan Vengriya tarkibida qoldi. Birinchi jahon urushi yillarida Slovakiyada chet el hukmronligiga qarshi milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 1919-yil 16 -iyunda Preshovda Slovak Sovet respublikasi eʼlon qilindi, biroq 7 -iyulda intervensiyachi qoʻshinlar tomonidan tormor etildi. Avstriya-Vengriya barbod boʻlgach, Slovakiya 1919-yil 30 -oktabrda Chexiya va Slovakiyaning yagona davlatga birlashuvi natijasida 1918-yil tashkil topgan Chexoslovakiya davlati tarkibiga kirdi. 1938-yil Myunxen bitimita koʻra, Slovakiyaning janubiy tumanlari Chexoslovakiyadan Vengriyaga olib berildi, qolgan hududda 1939-yil slovak fashistlari Germaniya panohidagi "mustaqil" S davlati tashkil etilganini eʼlon qildilar. Shu yildan Slovakiyada Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1944-yilgi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni Slovakiyaning 2/3 qismigayoyildi. 1945-yil mayda Slovakiya butunlay ozod qilindi. Slovak va chex yerlari Chexoslovak respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Slovakiya 1948-yil 9 -maydan Chexoslovak Xalq Demokratik Respublikasi, 1960-yil 11 -iyuldan Chexoslovak Sotsialistik Respublikasi, 1990-yil 29 martdan Chexoslovak Federativ Respublikasi, 1990-yil 20 -apreldan 1992-yil 31 -dekabrgacha Chex va Slovak Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992-yil 17 -iyundagi Deklaratsiyada respublika suvereniteti eʼlon qilindi. Slovakiya – 1993-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 24 -yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1993-yil 1 -yanvar dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 29 -avgust – Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni kuni (1944), 1 -sentabr – Konstitutsiya kuni (1992).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushma tashkilotlari ==
Qator 47:
 
== Teatri ==
12-asrda yokulyator deb ataladigan xalq akterlari tomoshalar koʻrsatishgan. 15–16-asrlarda Brezno, BanskaShtyavnitsa va boshqa joylarda maktab dramasi paydo boʻldi. 17–18-asrlarda xalq teatri tashkil topib, unda diniy mavzudagi pyesalar qoʻyildi. Slovakiyada professional teatr sanʼatining vujudga kelishida havaskorlik toʻgaraklari muhim rol oʻynadi. 19-asrning 1-yarmida havaskorlarning drama toʻgaralari tuzila boshladi, ular U. Shekspir, F. Shiller, N. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 1890-yil Martinda qurilgan Milliy uy sahnasida mahalliy mualliflardan Ya. Xalupka, Ya. Palarik, P. Gvezdoslav, Y. Tayovskiy pyesalari qoʻyildi. 1920-yil Bratislavada birinchi slovak professional teatri barpo etildi. 20-asrning 2-yarmida Bratislava, Jilin, Koshitse, BanskaBistritsa, Preshovda yangi teatrlar ishlay boshladi. Y. Budskiy, I. Lihard, T. Rakovskiy kabi rejissyorlarrejissorlar, M. Kralovichova, K. Maxata, Yu. Pantik, M. Gregor kabi aktyorlar mashhur. Teatr kadrlari Bratislavadagi Oliy teatr maktabida tayyorlanadi.
 
== Oʻzbekiston – Slovakiya munosabatlari ==