Teri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 7:
T. osti yogʻ qavati yogʻ bilan toʻla katakchalardan iborat, ular biriktiruvchi toʻqimadan vujudga keladi. Bu qavatning qalinligi badanning turli yerida turlicha, mas., koʻz qovoqlarida butunlay boʻlmaydi, lunj, qorin va dumbada qalin boʻladi. T. osti yogʻ qavati nerv va qon tomirlariga boy. T. rangi, asosan, melanin pigmentiga, qon tomirlarining toʻlishiga va epidermis qalinligiga bogʻliq. Turli omillar, mas., quyosh nuri taʼsirida va ayrim kasalliklarda (qarang [[Pes]]) T. pigmentatsiyasi oʻzgarishi yoki pigment butunlay boʻlmasligi ham mumkin.
 
T. organizm bilan tashqi muxit oʻrtasida toʻsiq vazifasini oʻtaydi. Organizmni tashqi muhitning noxush omillaridan (kimyoviy, fizik va biologik) himoya qiladi. Muguz qavatning zichligi, ustidagi yogʻ biriktiruvchi toʻqimalarning choʻziluvchanligi, T. osti yogʻ qavatining qalin boʻlishi organizmni turli mexanik taʼsirotlardan, shuningdek, uncha kuchli boʻlmagan ishqrr va kislotalar taʼsiridan saklaydi. Bu kavat elektr tokini yomon oʻtkazadi. T.dagi kislotali muhit mikroblar kirishiga toʻsqinlik qiladi; mabodo shikastlangan teri orkali mikrob kirib qolgudek boʻlsa, unga karshi taʼsir koʻrsatadigan moddalar taʼsiriga uchraydi va shu joyga leykotsitlar yetib kelib, qarshilik koʻrsatadi, shu soha T.sida yalligʻlanish alomatlari paydo boʻladi. T. suv, tuz, oqsil, yogʻ, vitaminlar va gaz almashinuvida ishtirok etadi. Gavda trasini saklashda T. juda katta ahamiyatga ega.
 
Chorva hayvonlari T.si — soch qatlami (jun), epidermis (terining sirt pardasi), derma (teri toʻqimasi) va teri osti yogʻ qatlamlaridan iborat. Soch qatlami qishda tana haroratini ushlab turadi, hoʻllanishdan asraydi, issiq vaqtda tanadan koʻp suv yoʻqolishining oldini oladi. Epidermis koʻp qavatli epitelial toʻqimalardan iborat. Epidermis soch qatlami suyet rivojlangan hayvonlar terisida qalin boʻladi. Epidermisda qon tomirlari boʻlmaydi. U dermadan membrana bilan ajralib turadi. Derma terining asosiy qatalami. U bevosita epidermis tagida joylashgan boʻlib, tolasimon oqsillardan kollagen, elastik va retikulinlarning murakkab tolalar oʻralmasidan iborat. Barcha hayvonlar dermasi soʻrgʻichli va toʻrsimon ikki qatlamdan tuzilgan. Dermaning qalinligi har xil hayvonlarda gʻar xil boʻlmay, balki bir xil hayvon tanasining har xil joyida qam har xil boʻladi. Eng qalin T. qoramollarda, eng yupqasi shimol bugʻusida. T. molning yelka qismida qalin, qorin qismida yupqa. T.ning ostki qatlami yumshoq gʻovaksimon toʻqimalardan iborat boʻlib, unda yogʻ zaxiralari yigʻiladi. T.da yogʻ va ter bezlari joylashgan. T.ning rangi pigment hujayralariga bogʻliq.
 
Hayvon T.si charmmoʻyna va yelim ishlab chiqarish.da xom ashyo sifatida ishlatiladi. Yangi shilingan teri tarkibida oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, mineral moddalar, fermentlar mavjud, massasining 70% i suvdan iborat. T. xom ashyosi sifatiga hayvon turi, vazni, uning yashash, saqlanish sharoiti, iklim, ozuqa turlari taʼsir etadi.
 
Qoramol T.sining vazni 25 kg dan ortiq, qoʻy terisining vazni 1—3,5 kg ni tashkil etadi.
 
== Adabiyot ==