Orol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Ushbu maqola juda qisqaligi tufayli "Orol" so'zining etimologiyasi hamda uning tilimizdagi ma'nosi izohlab o'tildi
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 1:
 
:''Ushbu maqola suvorol bilanso'zining oʻralganma'nosi quruqlikhamda etimologiyasi haqidadir. Shu nomli dengiz uchun [[Orol dengizi]] maqolasiga qarang.''
 
'''So'zning ma'nosi'''
 
“Hamma tomoni okean, dengiz, daryo yoki ko‘l suvi bilan o‘ralgan quruqlik tilimizda “orol” so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘z qadimgi “Irq bitigi”da ''aral'' shaklida qayd etilgan. O‘zbek tilining etimologik lug‘atida izohlanishicha, qadimgi tilimizda ''ar'' degan fe’l bo‘lgan va “ayirish”, “ajratib qo‘yish” degan ma’nolarni anglatgan. “Orol” so‘zi shu “ar” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Chunki orol suvdan ayrilib, ajralib turadi. Yana ba’zi manbalarda esa orol so‘zi “oraliq” ma’nosini anglatuvchi “ora” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, degan faraz ham ilgari suriladi. Mahmud Koshg‘ariyda “ora” so‘zi ''ara'' shaklida kelgan: ''kishi ara kirdim'' – odamlar orasiga kirdim.
 
''Eshqobil Shukur "Boboso'z izidan" kitobidan''
 
'''Geografik jihatdan izoh'''
 
[[Tasvir:Cloud-free Europe ESA17486464 (British Isles).jpeg|right|230px|thumb|[[Britaniya orollari]]]]
'''Orol''' suv bilan oʻralgan [[Qitʼa|subkontinental]] yer boʻlagidir. Orollar [[okean]], [[dengiz]], [[koʻl]], [[daryo]]larda boʻladi. Geografik yoki geologik aloqador orollar guruhiga [[arxipelag]] deyiladi. Qitʼalardan tashqarida joylashgan orol ''okeanik orol'' deyiladi. Shuningdek [[sunʼiy orol]]lar ham mavjud.