Organik kimyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Xato tuğirladm v12 vitamini yoq B 12 vitamini bor
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Organik kimyo''' — uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan fan. Kimyoning bir boʻlimi. Organik kimyoning asosiy vazifasi — organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq qilishdan iborat. Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning amaliy faoliyatda oʻta muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar — oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa — organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boʻyagichlar, dorilar va shahrik. ham organik birikmalarga taalluqli. Hozirgi vaqtda ajoyib xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi, ularning umumiy soni esa 10 milliondan oshdi. Baʼzi organik moddalar insonga juda qadimdan maʼlum. Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yogʻlari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boʻyoqlardan foydalanish qadim zamonlardan beri maʼlum.Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-yillarda arab alkimyogarlari hosil qildilar. Lekin organik kimyo fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllandi. "Organik kimyo" terminini fanga ilk bor 1827-yilda Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828-yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar A. Kuper va boshqalar uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar. Keyinchalik Organik kimyo A. M. Bupierovnmng organik birikmalarning tuzilish nazariyasi (1861) asosida rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy siklik formulasini taklif qildi (1865). Ya. X. Vant-Goff va fransuz kimyogari J. Le Bel atomlarning molekulada fazoviy joylashish nazariyasini olgʻa surishdi. Elektron va, ayniqsa, kvant-mexanika tasavvurlarining rivojlanishi natijasida kimyoviy bogʻlarning fazodagi yoʻnalishi, toʻyingan va toʻyinmagan birikmalarning xossalari orasidagi tafovut, benzolning aromatikligi, organik birikmalar molekulalaridagi atomlarning oʻzaro taʼsiri tushuntirib berildi. Fizik usullar yordamida organik birikmalarda kimyoviy bogʻlarnng uzunligi, valent burchaklar kattaligi va geometrik tuzilishdagi molekulalarning boshqa parametrlari topildi. Shu usullar bilan baʼzi murakkab organik birikmalar — V12B12 vitamini, penitsillin, xlorofill, bir qator oqsillar, nuklein kislotalar va boshqalarning kimyoviy tuzilishi aniklandi.
 
Organik birikmalarga tavsifli xossa — uglerod atomlarining bir-biri bilan oddiy, qoʻsh yoki uch bogʻ orqali toʻgʻri chizikli, zanjirsimon, 1, 2, 3 va koʻp halqali (yadroli) yoki karkasli birikmalar hosil qila olishidir. Bunday birikmalar asosini ochik, zanjirli uglevoddan oʻzga atomlarga almashtirilishi mumkin. Bu atomlar geteroatomlar deb ataladi (mas, kislorod, azot, oltingugurt). Strukturasiga koʻra, organik birikmalar alifatik birikmalar (ochik, zanjirli uglevodorodlar va ular hosilalari)ga, yopiq uglerod zanjirli karbotsiklik birikmalar (alitsiklik birikmalar, aromatik birikmalar) va geterotsiklik birikmalarga boʻlinadi. Zanjirida qoʻsh bogʻ yoki 3 bogʻi boʻlmagan uglevodorodlar va ularning hosilalari toʻyingan birikmalar, qoʻshbogʻ yoki 3 bogʻ tutganlari — toʻyinmagan birikmalar hisoblanadi.