Olmaliq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
o'zgartirish kiritdim.
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 56:
| sayt tili = }} '''Olmaliq''' — Toshkent viloyatidagi shahar (1951-yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km janubi-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shimoli-sharqida Qurama tizmasi, shimoliy va janubi-sharqda Chatqol tizmalari bor. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (18 km). Maydoni 10,8 km². Aholisi 114,6 ming kishi (2000; 1974-yilda 92,3 ming; 1959-yilda 40 ming kishi). Olmaliqda mis konining topilishi shaharning tez oʻsishiga sabab boʻldi. 1954-yil Olmaliqda qoʻrgʻoshin-rux fabrikasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. Olmaliqdagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Olmaliq yonida issiqlik elektr stansiyasi qurildi. 1963-yil mis eritish zavodi foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya kombinati toʻla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. Olmaliqdagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Shu sababli metallurgiya kombinatida rudadan oltingugurt ajratiladi va "Ammofos" korxonasiga yuboriladi.
 
Olmaliqda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi zavodi qurildi. Olmaliqda respublika qishloq xoʻjaligining 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari kombinati, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "KrvulKovul-di" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmokdarivojlanmoqda. Olmaliqga Toshkent— Angren temir yoʻldan shoxobcha chikarilganchiqarilgan. Toshkent — Olmaliq avtomobil yoʻli oʻtgan. Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining Olmaliq filiali,«Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, 23ta umumiy o'rta taʼlim maktablari, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, "Kimyogar" kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʻruqxona, 10 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi.
Olmaliqda "Ramazoni Sharif" masjidi faoliyat yuritadi.Yana bir masjidning esa qurilish ishlari davom etyapti. Ushbu masjid "Hilol" masjidi.