Oʻlmas Umarbekov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 6:
|vafot sanasi = {{vafot sanasi va yoshi|1994|11|10|1936|5|1}}
|vafot joyi = {{VafotJoyi|Toshkent}}
|mukofotlari ={{Oʻzbekiston xalq yozuvchisi}}{{Oʻzbekiston sanʼat arbobi}}{{fidokorona xizmatlari uchun ordeni}}{{Hurmat Belgisi ordeni}}
}}
'''Oʻlmas Umarbekov''' (1934.25.1 Toshkent — 1994.10.11) — [[Oʻzbekiston xalq yozuvchisi]] (1992). Oʻzbekistonda xizmat ko'rsatgan sanʼat arbobi (1984). Urta Osiyo universitetining filol. fakultetini tugatgan (1956). Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qoʻmitasida muharrir, bosh muharrir (1956 —71), Oʻzbekiston K.P MKda sektor mudiri (1971—74), "[[Oʻzbekfilm]]" kinostudiyasi direktori (1971—81), Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari (1982—86), vaziri (1987—89), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1985—89), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (1989—91). Ilk kitobi — "Hikoyalar" (1958). "Xatingni kutaman", "Yurak soʻzlari" (1960); "Boboyongʻoq" (1961), "Yulduzlar", "Menga ishonmaysanmi?" (1962), "Hayot abadiy" (1964), "Charos" (1966), "Koʻprik" (1968), "Bolgar qoʻshiklari", "Oltin yaproqlar" (1972), "Qiyomat qarz" kabi hikoyalarida kishilarning maʼnaviyaxloqiy goʻzalligini tasvirlashga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, masʼuliyatini koʻrsatishga alohida eʼtibor bergan. "Bolgar qoʻshiqlari" (1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, sheʼriyritmik xususiyatlari bilan ajralib turadi. U.ning "Sevgilim — sevgilim" (1963), "Kimning tashvishi yoʻq" (1965), "Urush farzandi" (1972), "Yoz yomgʻiri" (1973), "Oq qaldirgʻoch" (1974) va boshqa qissalari janriy rangbarangligi, qahramonlar ruhiy olamining teranligi, badiiy tasvir usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovor. "[[Odam boʻlish qiyin]]" (1970) va "Fotima va Zuhra" (1994) romanlarida yoshlar, kishilarning xulq-atvorida koʻringan salbiy jihatlarni tasvirlash orkali sovet davri maʼnaviyatidagi kamchiliklar haqqoniy ochib berilgan.