Kaʼba: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatolarni to'g'riladim va matn qo'shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 👍
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Kaʼba''' ({{lang-ar|الكعبة}} al-Kaʿbah) — [[kub]] shaklidagi bino boʻlib, [[Saudiya Arabistoni]]ning [[Makka]] shahridagi [[Masjid al-Haram]] [[masjid]]ining ichida joylashgan. Masjid dastlabki Kaʼba atrofida bunyod etilgan. Kaʼba [[Islom]] olamida eng muqaddas joy hisoblanadi. [[Qibla]], [[musulmon]]lar [[namoz]] vaqtida yuzlanadigan joy Kaʼbadir. Musulmonlar tarafidan amalga oshiriladigan [[Haj]] va [[Umra]] Kaʼba atrofida amalga oshiriladi. Masjid Al Xaram-Haram masjidining maydoni Kaʼba bilan qoʻshib hisoblanganda 193 000 kv.m tashkil qiladi. Masjid bir vaqtning oʻzida 130 ming musulmonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Haj ibodati mavsumining odamlar toʻplanib yuradigan vaqtida bir necha bor koʻngilsizliklar yuz bergan. Vaqt oʻtishi bilan ziyorat amallari kuchli tartib ostida qilinmoqda. Kaʼbaning bir burchagidan Qora tosh joy olgan. Haj amallari paytida Kaʼbaning atrofida [[Tavof]] amali bajariladi. Kaʼba butun dunyo musulmonlari uchun namoz vaqtida Qibla vazifasini oʻtaydi. Kaʼba 5 martadan 12 martagacha rekonstruksiya qilingan. Musulmon rivoyatlarida keltirilishicha Kaʼba Odam alayhissalom tomonidan qurilgani aytiladi. Qur’onda keltirilishicha esa Kaʼbaga [[Ibrohim alayhissalom]] asos solgan. Qur’onda aytilishicha Kaʼba insoniyat tomonidan [[Alloh]]ga ibodat qilish uchun bunyod etilgan birinchi inshootdir.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kaʼba''' (arab. — kub) — islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, musulmonlarning bosh sajdagohi. Saudiya Arabistonining Makka sh.da. Baytul Harom (Muqaddas uy), Baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish — haj va umraning asosiy amallaridan biri.
 
Kaʼba HaromHaram masjidi (qarang [[al-Masjid al-Harom]])ning markazida joylashgan, bal. 15 m va poydevori 12x10 m oʻlchamda toshdan qurilgan bino; meʼmoriy yodgorlik. Kaʼba burchaklari taxminan dunyo tomonlari yoʻnalishida joylashgan. Sharqiy burchagi asvod rukni („qora burchak“) yoki oddiy rukn deb ataladi. Unga yerdan taxminan 1,5 m balandda tokcha qilinib, „qora tosh“ (arabcha „hajar al-asvod“) joylangan. U kaʼbadagiKaʼbadagi asosiy tavof qilinadigan narsa, yer yuzidagi odamlarga Alloh tomonidan yuborilgan, Alloh qudratining belgisi hisoblanadi. Hoz. vaktdavaqtda u bir-biriga qoʻshilib ketgan qora-qizgʻish tusdagi uch sinikdan iborat; meteorit degan taxmin bor. Shim. burchagi Iroq burchagi, gʻarb burchagi — Suriya burchagi, jan. burchagi esa — Yaman burchagi deb ataladi. Kaʼbaga qora mato (kisva) qoplab qoʻyiladi, matoga oltin va kumush harflarda xrshiyaxoshiya qilib kaʼbaKaʼba va hajga taalluklitaalluqli oyatlar yozilgan. Shim.-sharqiy devorda 2 m cha balandlikda oʻyma naqsh b-n bezatilgan kumush zanjirli eshik bor. Kaʼbaga chiqiladigan gʻildirakli zinapoya oʻyma naqsh b-n, kumush qoplab jozibador bezatilgan. Kaʼba ichkarisida uchta ustun boʻlib, koʻpdan koʻp chiroq osilgan, sovgʻa qilingan Qurʼon nusxalari saqlanadi. Shim.gʻarbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov koʻrinib turadi, u almizob yoki mizob ar-rahma deb ataladi. Shu tarnov b-n gʻarbiy burchak oraligʻi qibla hisoblanadi. Kaʼbani tosh yotqizilgan yoʻlka oʻrab turadi. Bu yoʻlkadan ziyoratchilar yurib aylanib oʻtishadi (tavof qilishadi). Eshik roʻparasida Ibrohim maqomi bor, u tosh inshoot boʻlib, kaʼbaniKaʼbani tiklayotganda Ibrohim (asalayhissalom) shu toshda turgan deydilar. Toshda odam izlari koʻrinadi. „Qora tosh“ yaqinida muqaddas Zamzam bulogʻi bor.
 
Kaʼba islomdan ilgari ham arab qabilalarining muqaddas ibodatxonasi hisoblangan, unda qabila xudolarining 360 sanami saqlangan. Har yili arab qabilalari kaʼbagaKaʼbaga haj qilishga kelib turganlar. Haj qilish odati keyinchalik islomga ham oʻtgan.
 
Kaʼba ibodatxonasining qurilishi haqida turli rivoyatlar bor. Aytishlaricha, OdamatoOdam Ato Baytullohni bunyod etgan, keyin uning oʻgʻli Shis qurgan. Toʻfon paytida kaʼbaKaʼba havoga koʻtarib qoʻyilgan. Keyin yana buzilgan. Ibrohim (asalayhissalom) Makkaga oʻz oʻgʻli Ismoilni olib kelganda Alloh unga kaʼbaKaʼba poydevorini tiklashni buyurgan. Ibrohim Alloh amrini bajargan va Allohga sigʻinuvchi barcha odamlarga uni ziyorat qilishni vasiyat etgan. Kaʼbaga keyin Makkaning jurhum, xuza, quraysh qabilalari navbatma-navbat qarab turishgan. Kaʼba bir necha bor sel va toshqinlardan zarar koʻrgan. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (savsollallohu alayhi va sallam) bu yerda taʼmirlash ishlarida qatnashgan va oʻsha vaqtda birinchi bor unga vahiy kelgan.
 
Kaʼba Yasrib (Madina)da qibla deb eʼlon qilingach (bungacha Quddusga qarab ibodat qilinar edi), uning ahamiyati juda oshib ketdi. Kaʼba islomning din sifatida shakllanishida katta rol oʻynadi. Kaʼbani dinsizlardan ozod qilish va uni sanamlardan tozalash MuhammadningMuhammad sollallohu alayhi va sallamning zimmasigazimmalariga tushdi, ungacha bu vazifani Ibrohim (asalayhissalom) bajargan ediedilar. Muhammad sollallohu alayhi va sallam boshchiligidagi musulmonlar 629-yil Makkaga kichik haj qilishdi, 630-yil Makkani egallashdi va kaʼbaKaʼba atrofidagi sanamlar, uning ichidagi Xubal deb atalgan butni, yozuvlarni yoʻq qilishdi. Shu yili Abu Bakr (ra) rahbarligida birinchi haqiqiy musulmon haji ado etildi. Butparastlarga haj qilish man etildi. 631-yilyilda Muhammad sollallohu alayhi va sallam oxirgi marta haj ziyoratchilariga boshchilik qildiqildilar.
 
Xalifa Umar (raroziallohu anhu) davrida kaʼbaKaʼba yonidagi uylar buzib tashlandi va uning atrofida Harom masjidi qurildi. 683-yil kaʼbaniKaʼbani umaviy qoʻshinlari oʻqqa tutdi. Keyin u kaytaqayta tiklanib, kengaytirildi. 929-yil Makkani qarmatlar bosib oldi va „qora tosh“ni olib ketishdi. Oradan 20-yil oʻtgach, bu toshni qaytarib olishga muvaffaq boʻlindi. Asta-sekin kaʼbaKaʼba tevaragida turli inshootlar, jumladan, asosiy musulmon mazhablarining minbarlari tiklandi. Ular saudiy hukmdorlar 20-asrning 50—60-y.larida olib borgan katta taʼmirlash vaqtida olib tashlandi. 1980-yil Makkadagi masjid va kaʼbaniKaʼbani bir guruh ekstremist isyonchilar bosib oldi. 2 haftadan soʻng masjid tozalanib, isyonchilar tor-mor qilindi.
 
Kaʼba butun dunyo musulmonlarining eng muhim markazi va birligi ramzi boʻlib keldi, hozir ham shunday boʻlib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqaddasligi va alohida rolini tan oladilar. Har yili dunyoning hamma chekkalaridan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun bu yerga keladilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>