Oʻzbek milliy akademik drama teatri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 1:
{{Tashkilot bilgiqutisi|nomi=|operatsion_foyda=|yetakchi_nomi=|yetakchi_sarlavha2=|yetakchi_nomi2=|yetakchi_sarlavha3=|yetakchi_nomi3=|bosh_mahkamasi=|daromad=|aylanma_daromad=|toza_foyda=|xoʻjayinlar=|boyligi=|byudjet=|IITKI=|ishchilar_soni=|koʻngilli_xizmatkorlar=|mijozlar_soni=|aʼzolari=|oʻziga_tegishli_tashkilotlar=|vebsayti=[http://www.milliyteatr.uz/ www.milliyteatr.uz]|yetakchi_sarlavha=|bosh_kotib=|tasvir=Milliy akademik drama teatri (front).jpg|shiori=|tasvir_tagyozuvi=|tasvir2=|tasvir2_tagyozuvi=|tasvir3=|tasvir3_tagyozuvi=|qisqartma=|turi=|sanoat=|maqomi=|direktori=|maqsadi=|ishga_tushgan_sanasi=|tan_olingan_yili=|tugatilgan=|tugatilish_sababi=|joylashuvi=|hududiy_hizmati=|asoschilari=|prezident=|tili=}}'''Oʻzbek milliy akademik drama teatri''' — Oʻzbekistonda yangi sahna sanʼatini shakllanishi va rivojlanishiga karvonboshilik qilgan teatr jamoasi, eng keksa va yirik teatrlardan.
== Tarixi ==
=== Tashkil topishi ===
[[File:Abdulla Avlony.jpg|thumb|256px|Truppaning badiiy rahbari Abdulla Avloniy]]
1913-yil Toshkentda tashkil topib, 1914-yilning 27-fevralida M.Behbudiyning "Padarkush" asari bilan ochilgan (jadidlarning "Turon" nomli teatr truppasi spektakli). Truppaning badiiy rahbari Abdulla Avloniy, maʼnaviy va moddiy homiylari Munavvarqori Abdurashidxonov singari Toshkentning moʻʼtabar kishilari tashkil etgan. Ijrochi kuchlar Abdulla Avloniy, Nizomiddin Xoʻjayev, Badriddin Aʼlamov, Shokirjon Rahimiy, Muhammadjonqori Poshshaxoʻjayev, Fuzail Jonboyev, Hasanqori, Sameʼqori Ziyoboyev, Qudratilla Yunusiy singari 24 kishidan iborat boʻlgan. Truppada "Toʻy" (N.Qudratilla), "Baxtsiz kuyov" (A.Qodiriy), "Advokatlik osonmi?" (A.Avloniy), "Mazluma xotin" (H.Muin), "Pinak", "Oʻliklar" (M.Qulizoda) singari asarlar sahnalashtirilgan. 1918-yil "Turon" truppasi davlat ixtiyoriga olinib, unga "davlat teatri" maqomi berildi. Badiiy rahbari va rejissori etib Mannon Uygʻur tayinlandi.