Basketbol — versiyalar orasidagi farq

65 bayt qoʻshildi ,  12 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
(Created page with '{{wikify}} '''Basketbol''' – inglizcha basketball so’zida olingan (basket – savat, ball – to’p) bo’lib, xar birida beshtadan o’yinchi ishtirok etadigan jamoaviy spo...')
 
{{wikify}}
'''Basketbol''' – inglizcha basketball so’zida olingan (basket – savat, ball – to’p) bo’lib, xar birida beshtadan o’yinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Uyindan bosh maqsad – to’pni qo’l bilan o’ynagan xolda 3,05 m balandlikdagi shitga mustaxkamlangan savatga tushirib, imkon qadar ko’proq ochko olish. Xar bir jamoada beshtadan o’yinchi ishtirok etadi.
 
Basketbolning vatani AQSH uning «otasi» esa Djeyms Neysmit xisoblanadi. Uyin XIX asr oxirida paydo bo’lgan. Springfild xalqaro mashgulotlar maktabining jismoniy tarbiya o’qituvchisi, bir paytlar ajoyib regbichi va gimnastikachi bo’lgan Djeyms Neysmit (1861 yil tugilgan – 1932 yil vafot etgan) talabalarning qishki paytda jismonan yanada ko’proq chiniqtirish maqsadida zalda to’p bilan o’ynaladigan yangi o’yin o’ylab topdi. U to’pni tashlash orqali talabalarning merganligini tekshirib ko’rish uchun qorovuldan ikki bo’sh quti keltirishni iltimos qildi. Quti topa olmagan qorovul meva solinadigan savat keltirdi. Savatlarni balandligi 3,05 m bulgan zalning ikki tomonidagi balkonga o’rnashtirdi. SHu tariqa basketbol vujudga keldi. Neysmit yangi o’yinning qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning 21 dekabrda Springfild maktabining zalida birinchi basketbol uchrashuvi o’tkazildi. Guruxda 18 talaba mavjud edi. Uyinda xar biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. Basketbolning dastlabki qoidalari 13 qismdan iborat edi va ulardan ba’zilari xozirgacha saqlanib qolingan. 1893 yilda savatlarni to’rli temir aylana bilan almashtirishdi. 1895 yilda esa ular shitlarga o’rnatildi. Oradan 2 yil o’tgach, xar bir jamoada 5 kishidan maydonga tushadigan bo’lishdi.
1893 yilda frantsiyalik Mel Ridu Springfild kollejini bitirgach, vataniga qaytdi va xamyurtlarini yangi o’yin bilan tanishtirdi. SHu tariqa basketbol butun Yevropaga tarqala boshladi. 1894 yilda esa Bob Geyli xitoyliklarni, Dunkan Petton esa xindlarni basketbol bilan tanishtirdi. 1927 yilning sentyabrda Jeneva jismoniya tarbiya maktabi ochildi va Springfild kolleji o’qituvchisi doktor Elmer Beri maktab direktorii etib tayinlandi. Ushbu maktab bitiruvchilari tufayli basketbol Latviya, Litva, Italiya, Frantsiya, CHexoslavakiyada ommaviylashib ketdi. Ko’pgina mamlakatlarda basketbol assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1932 yil 18 iyunьda Jenevada milliy basketbol assotsiatsiyalarining dastlabki xalqaro konferentsiyasi o’tkazildi va unda Xalqaro Basketbol Federatsiyasi (FIBA) tashkil etildi. 1999 yilga kelib FIBAga a’zo davlatlar soni 180 dan oshib ketdi. 1936 yilgi Berlin Olimpiadasidan boshlab basketbol Olimpiadalar dasturidan o’rin oldi. 1935 yildan Yevropa, 1950 yildan boshlab jaxon chempionatlari o’tkazilib kelinmoqda. Ayollar basketboli esa 1976 yili Monrealdagi Olimpiadada debyutini nishonladi.
AQSH t/j dunyodagi eng kuchli basketbol jamoasi xisoblanadi. Jaxondagi eng kuchli basketbol ligasi xam Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA)dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992 yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada o’yinlari basketbol turnirida eng ko’p AQSH t/j golib chiqqan – 12 marta, Faqatgina SSSR 2 marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan.
Basketbol tarixidagi eng buyuk o’yinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt CHemberlen, Uilьyam Rassel, Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan SHakil O’nil, Kobi Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni e’tirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazolь, serbiyalik Predrag Stoyakovich va frantsiyalik Toni Parkerlarni e’tirof etish mumkin. SHuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuelь Jinobili xam Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.--[[Foydalanuvchi:Hushnud|Hushnud]] 07:09, 24 Avgust 2009 (UTC)
9

ta tahrir