Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi''' (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Maydoni 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh.
 
Turkiston oʻlka sovetlarining 5sʼyezdi5-sʼyezdi (1918-yil 20 aprel—1 may)da 30 aprel kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachaTCP) degan nom bilan tashkil topdi. Sʼyezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya KoʻmitasiQoʻmitasi (Turkiston MI K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP maʼmuriy jixatdan Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Yettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga boʻlingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, KozogʻistonQozogʻiston ASSR, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6sʼyezdida6-syezdida RSFSR Konstitutsiyasi andozasida TCP Konstitutsiyasi qabul qilingan. 9sʼyezdda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR) deb oʻzgartirildi.
 
Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918-yil iyunda Toshkentda tuzilgan) mugʻim rol oʻynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston Komissiyasi, RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qoʻlida boʻlgan. Soʻngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga boʻysundirilgan. 1920-yilgacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.Toʻraqulov, Q.Otaboyev, A.Rahimboyev, I.Xidiraliyev, R.Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari boʻlishgan.
Qator 9:
.TSSR iqtisodiyotiga harbiy xarakatlar katta zarar keltirgan. Kx izdan chiqib, ogʻir ahvolga tushib qolgan. Ekin maydonlari qisqarib, 1915-yildagi 3 mln. desyatinadan 1921-yilda 1,7 mln. desyatinaga tushib qolgan. Chorva mollarining soni 24 mln. boshdan 8 mln. boshgacha kamaygan. Respublika sanoati ham vayron boʻlgan edi. 1921-yilda yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga oʻtilgan, mavjud korxonalarni qayta tiklash bilan bir qatorda yangi korxonalar gʻam qurilgan. Biroq Turkiston sanoatida davlat sektori asosiy oʻrinni egallagan.
 
TSSRda madaniyat ziddiyatli tarzda rivojlangan. Bir tomondan, yangi hokimiyat sovet maktablari, gaz. va jurnallar, madaniymaʼrifiy shoxobchalari (klublar, madaniyat uylari, qizil choyxonalar) tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratib, mahalliy aholi ongiga kommunizm gʻoyalarini singdirishga harakat qilgan. Ikkinchi tomondan, milliy ziyolilar (Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Munavvarkori va boshqalar) milliy manfaatlarni qimoyaximoya qilib, sovet hokimiyati bilan murosa qilgan holda xalqqa maʼrifat tarqatish bilan ham shugʻullanganlar. 1918-yil 12 mayda Oʻrta Osiyodagi dastlabki oliy oʻquv yurti — Musulmon xalq dorilfununi (qarang [[Oʻzbekiston milliy universiteti]])ga asos solingan.
 
1920-yil avgustda TSSRning Yettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan KozogʻistonQozogʻiston ASSR (RSFSR tarkibida; 1936-yildan KozogʻistonQozogʻiston SSR) tarkibiga kiritilgan. 1924-yil noyabr oyining oxirida Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliyhududiy chegaralanish natijasida TSSR tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida; 1929-yildan Tojikiston SSR), shuningdek, K°raqirgʻiz (Qirgʻiziston) muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; KirgʻizistonQirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.
 
== Adabiyot ==