Yangi Janubiy Uels: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Yangi janubiy uels''' — Avstraliya Ittifoqining janubi-sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 800,6 ming km². Aholisi 6,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Sidney shahri Mamlakat poytaxti Kanberra shahri ham shtat hududida. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Yirik daryolari: Murrey va uning irmoqdari. Sharqida Katta suvayirgʻich tizma va kambar dengiz boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi kontinental va quruq iqlim. Yillik yogʻin 1200– 1500 mm, tekisliklarda 250 mm gacha. Oʻrtacha oylik tralar 10—12° dan 22—26° gacha. Sohil va togʻ yon bagʻirlarida evkalipt oʻrmonlari bor, qolgan qismi savannalardan iborat. Ya.J.U. mamlakatning aholisi eng koʻp va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtati. Toshkoʻmir, rux, qoʻrgʻoshin, kumushning yirik konlari bor, shuningdek, rutil konsentrati olinadi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Ekin maydonining katta qismiga bugʻdoy ekiladi. Shuningdek, arpa, suli, makkajoʻxori, shakarqamish va paxta yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachilik sut va goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. [[Sidney]], [[Nyukasl, PortKemblaYangi Janubiy Uels|Nyukasl]], [[Wollongong]] kabi yirik portlari bor. Murrey daryosida kema qatnaydi.