Shashmaqom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qo'shimacha
Qator 28:
SH., asosan, ogʻzaki tarzda avloddan avlodga ustoz-shogird anʼanasida oʻtib keldi. 1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida maxsus musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq musiqa namunalarini oʻzlashtirishga eʼtibor qaratildi; '''Ota Jalol, Otagʻiyos Abdugʻaniyev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Usto Shodi Azizov''' kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar.
 
Sh.ni ilk bor V.A.Uspenskiy Ota Jalol va Ota Gʻiyos ijrolaridan hozirgi nota yozuviga olib nashr ettirdi ("Shashmakom, Shest muzmkalnix poem", M. — Buxoro, 1924-yil). Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodaning "Xorazm musiqiy tarixchasi" (M., 1925-yil), Fitratning "Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi" (Samarqand — T., 1927-yil) risolalari 20-asr maqomshunosligining dastlabki namunalari boʻlib, qimmatli maʼlumotlarga ega. Sh.ni oʻrganishga, ayniqsa, 1950-yillardan koʻproq ahamiyat berila boshlandi. I.Rajabov qalamiga mansub "Maqomlar masalasiga doir" (T., 1963-yil) tadqiqoti oʻzbek maqomshunosligi rivojlanishini yangi bosqichga koʻtardi. Tojikistonda B. Fayzullayev, Sh.Sohibov va F. Shahobovlar oʻz ijrolarida notaga olib, V.M.Belyayev tahriri ostida shahrining 5 jildini nashr ettirdilar ("Shashmaqom", M., 1950—67-yillar). Oʻzbekistonda Sh. ni Yunus Rajabiy oʻzi va boshqalar sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olib, ikki marta — "Oʻzbek xalq musiqasi" (V j., T., 1959-yil) va "Shashmaqom" (I—VI j. lar, T., 1966—75-yillar) nomi bilan nashr ettirdi. Toshkent konservatoriyasida "Sharq musiqasi" kafedrasi (1972-yil), u asosda "Musiqiy sharqshunoslik" va "Anʼanaviy ijrochilik" (1992-yildan) kafedralari orqali shahrini ilmiy oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish oliy, oʻrta maxsus hamda boshlangʻich taʼlim bosqichlarida yoʻlga qoʻyildi. 1983-yildan boshlab maqom ijrochilarining respublika tanlovi (1991-yildan Yu.Rajabiy nomida) muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
 
Oʻzbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan Sh., oʻz navbatida, zamonaviy musiqa sanʼati rivojlanishiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston bastakorlari va kompozitorlari oʻz ijodida shahridan keng koʻlamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Bulardan M.Ashrafiy, M.Burhonov, K.Jabborov, T.Jalilov, D.Zokirov, S.Kalonov, Yu.Rajabiy, T.Sodiqov, Fahr.Sodiqov, M.Tojiyev, O.Hotamov va boshqalar yaratgan ashula, romans, xor, simfoniya va opera asarlarida maqomlar salohiyatini oshirishda salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi tomonidan "Shashmaqom" filmi suratga olingan (1972-yil, rejissyor T.Akromov).
 
Hozirgi davrda Oʻzbekiston boʻylab Sh.ni ijro etishga ixtisoslashgan professional ansambllar, havaskor badiiy jamoalar maqomlarni ijodiy oʻzlashtirish hamda targʻib etish borasida samarali faoliyat koʻrsatmoqdalar (qarang [["Maqom ansambli"]]).