Iyerarxiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
B iol.da I. termini bir guruhga mansub hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, yaʼni ularning oziqqa, qaramaqarshi jinsga yoki qulay pana joyga ega boʻlish borasidagi faoliya-tini boshqarib turadigan xattiharakatlarni ifodalaydi. I. turgʻun boʻlmasdan vaziyatga qarab oʻzgarib turishi (nisbiy dominantlik) yoki mutlaq boʻlishi (mutlaq dominantlik) mumkin. Mutlaq dominantlik koʻpincha toʻgʻri chiziqli (yoʻnalishli) xususiyatga ega (mas, A individning B ustidan, B ning esa V ustidan va h.k. tarzda ustunlik qilishi) boʻlib, har bir individning guruhda oʻz mavqei bor. Chiziqsiz I.da uning tarkibiy qismlari oʻrtasida munosabatlar sharoitga qarab oʻzgarib turadi: mas, uchinchi individ boʻlganida A individ B dan, u boʻlmaganida B individ A dan ustunlik qiladi (tobe mavqelar). Koʻpincha guruxda erkak va urgʻochi hayvonlar mustaqil oʻz I. sistemasiga ega boʻladi. Boshqa hollarda esa erkak xayvonlar urgʻochilari ustidan, voyaga yetgan hayvonlar yosh hayvonlar ustidan dominantlik qiladi. Erkaklari koʻp boʻladigan primatlar toʻdasida I. sistemasi juda murakkab. Guruh boʻlib yashamaydigan hayvonlarda individlar soni oshib ketganida nisbiy dominantlik yuzaga keladi. Guruxdagi hayvonlar soni kam boʻlganida esa ular oʻrtasida maydonga egalik qilish xattiharakatlari namoyon boʻladi. Jamoa boʻlib yashaydigan yoki murakkab guruhlar hosil qiladigan hayvonlarda dominantlik konsepsi-yasi oʻrniga boshqacha munosabatlar, mas, individlarning vazifasiga binoan oʻzaro munosabatlari asosiy ahamiyatga ega boʻladi. Biol.da I. tushunchasi har xil obʼyekt va jarayonlarga tavsif berishda keng qoʻllaniladi (mas, tabiiy jamoalar I. strukturasi, organizm regulyator sistemasi I.si, taksonlar I.si va h.k.).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
'''Nomenklatura'''
 
Ierarxiyalarning o'ziga xos lug'atlari bor. Bu atamalarni ierarxiya diagramma qilinganda tushunish oson (pastga qarang).
 
Tashkiliy kontekstda quyidagi atamalar ko'pincha ierarxiya bilan bog'liq holda qo'llaniladi:https://en.wikipedia.org/wiki/Hierarchy#cite_note-Dawkins-1 https://en.wikipedia.org/wiki/Hierarchy#cite_note-Architecture-2
 
 
[[:en:Non-physical_entity|'''Ob'yekt:''']] Bitta ob'ekt (masalan, shaxs, bo'lim yoki tushuncha yoki tartib elementi yoki to'plam a'zosi)
 
[[:en:System|'''Tizim:''']] ierarxik tarzda joylashtirilgan ob'ektlarning butun to'plami (masalan, ma'muriyat)
 
[[:en:Dimension|'''Hajmi:''']] onlayn tahliliy ishlovdan olingan "tizim" uchun boshqa so'z (masalan, kublar)
 
[[:en:Element_(mathematics)|'''A'zo:''']] (sinf tizimi, taksonomiya yoki o'lchov) har qanday (daraja yoki daraja) (element yoki ob'ekt)
 
== Manbalar ==