Shashmaqom: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qo'shimacha Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Yangi foydalanuvchi uchun vazifa Yangi foydalanuvchi uchun vazifa: havolalar |
Madina1301 (munozara | hissa) kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shashmaqom''' ({{l6e|uz|shashmaqom|tg|шашмақом|fa|ششمقام}}) — Tojik, oʻzbek, qoraqalpoq va Buxoro yahudiy xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shart-sharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiy-ijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Sh. milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.
Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni 12 asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyi jrochilik faoliyatida Sh. uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar Sh. taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal'''
Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, joʻrovozlik va joʻrnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng soʻnggi davrda joʻrnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira (doirachilar xonanda ham boʻlgan), afgʻon rubobi, sato yoki qoʻbiz, imkonga koʻra boʻlamon cholgʻularidan iborat boʻlgan. Maqom ijrochiligida tanbur yetakchi soz hisoblanadi. Chunki u torlarini maqom pardalariga moslab sozlashda va maqom yoʻllarini mukammal yangratishda birmuncha qulayliklarga ega. Doira esa sozanda va xonandalarning Sh. qismlarini belgilangan usul negizida ijro etishlari uchun zarur vosita boʻlib xizmat qiladi.
Har bir maqomning bosh tovushqatori oʻziga xos va nisbatan barqaror boʻlib, turkumning toʻliq musiqiy ijro jarayonida uning pardalarida ayrim oʻzgarishlar ham sodir boʻlib turadi. Chunki
Odatda,
Maqomlarning tarixiy, nazariy, estetik masalalari uzoq oʻtmishdan shu kunga qadar musiqashunoslar tomonidan har tomonlama oʻrganilmoqda. Xususan, Urta asrlar musiqa risolalarida Sharq mumtoz musiqasiga xos pardalad tuzilmalari keltirilib, maqomot hamda xalq musiqasiga xos tovushqator va usullar tuzilishi haqida mulohazalar yuritilgan. 19-asr boshi va oʻrtalarida shahriga oid maxsus yozma sheʼriy toʻplam — bayozlar yuzaga keldi. Ularda maqomlarga aytilgan gʻazal matnlari keltirilgan, maqom va shoʻʼbalar nomlari hamda ijro etiladigan ashulalar turkumining tartibi koʻrsatilgan. Komil Xorazmiy va uning oʻgʻli Muhammad Rasul tanbur chizigʻi yordamida yozib olgan Xorazm maqomlari ham shahrining 19-asr namunalari haqida qimmatli maʼlumot beradi.
Oʻzbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan Sh., oʻz navbatida, zamonaviy musiqa sanʼati rivojlanishiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston bastakorlari va kompozitorlari oʻz ijodida shahridan keng koʻlamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Bulardan M.Ashrafiy, M.Burhonov, K.Jabborov, T.Jalilov, D.Zokirov, S.Kalonov, Yu.Rajabiy, T.Sodiqov, Fahr.Sodiqov, M.Tojiyev, O.Hotamov va boshqalar yaratgan ashula, romans, xor, simfoniya va opera asarlarida maqomlar salohiyatini oshirishda salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi tomonidan "Shashmaqom" filmi suratga olingan (1972-yil, rejissyor T.Akromov).
|