Ural tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Uralic languages ( ALL LANGUAGES ).png|thumb|Ural tillari]]
'''Ural tillari''' — [[Fin-ugor tillari|finn-ugor tillari]] va [[samodiy tillari]] oilalarini oʻz ichiga olgan yirik til birlashmasi; mazkur til oilalarini baʼzi olimlar til guruhlari deb xisoblaydilar; ularning qarindoshligi esa fin olimi E. Setalya tomonidan isbotlangan. Ural tillari ancha katta hududda: shimolida — Norvegiya shim.dan Taymir yarim oroligacha, jan. da — Serbiya, Vengriya va Mordoviya respublikalarida tarqalgan. Sibir, quyi Volga va Kavkazdagi ayrim manzillarda ham finugor xalqlari yashaydi. Toponimika va gidronimika maʼlumotlari baʼzi finugor va samodiy xalklarining (karellar, saamlar, [[komilar]], vepslar, mariylar, mordvalar, mansilar va boshqalar) oʻtmishda yanada kengroq hududda tarqalganligidan darak beradi. Ayrim Ural tillari, mas, meryan, murom, mishchar, shuningdek, Sayan togʻliklaridagi kichikkichik qabilalarning tillari (soyot, mator, koybal va boshqalar) allaqachon yoʻq boʻlib ketgan, kamasin tili ham yaqindagina yoʻqolgan.
 
Ural tillari 2 ta katta tarmoqqa (oilaga): finugor tillari va samodiy tillariga boʻlinadi. Finugor tillari, oʻz navbatida, 5 guruhga ajraladi; 1) boltiqboʻyifin guruhida fin, ijor, karel va veps tillari shim. guruhchani, eston, vod, liv tillari jan. guruhchani tashkil etadi; 2) volga guruhi — mariy tili (barcha lahjalari bn), mordva tillari (erzyamordva, mokshamordva); 3) perm guru hi — udmurt, komiziryan, komipermyak tillari; 4) ugor guruhi — xanti va mansi tillari, venger tili; 5) saam guruhi — gʻarbiy va sharqiy lahjali saam tili. Samodiy tillari anʼanaviy tarzda 2 tarmoq yoki guruhga boʻlinadi: shim. — nenets, nganasan, ens tillari; jan. — selkup va (yaqinda yoʻqolgan) kamasin tili.
Qator 10:
Sintaksis sohasidagi tafovutlar ancha sezilarli. Boltiqboʻyifin, saam, venger, mordva va komiziryan tillarida hindevropa tillari — shved, nemis, rus tillarining, ayniqsa, ergash gapli qoʻshma gaplar tuzilishida ancha kuchli taʼsiri bor; samodiy, ugor va qisman udmurt, mariy tillarida esa ushbu tillar sintaksisini turkiy tillarniki bilan yaqinlashtiruvchi baʼzi arxaik belgilar saklanib krlgan. Ayrim Ural tillari uzok, tarixiy rivojlanish mobaynida boshqa xalklar tillari taʼsiriga uchragan, bu taʼsir izlari asosan leksikada, qisman grammatik qurilishda seziladi.
 
Ural tillari juda qad. yozma yodgorliklarga ega emas, qad. yozma yodgorliklar venger tilida 1200-yil atrofida, karel tilida 13-asrda, qad. [[Komi tili|komi tilida]] 14-asrda, fin va eston tillarida 16-asrda, boshqa finugor tillarida esa 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida yaratilgan. Hozirgi ural xalk,larida yozuv tizimi ancha notekis rivojlangan. Uzok, adabiy anʼanaga ega boʻlgan tillar (venger, fin, eston tillari) bilan bir katorda yozuvi yaxshi rivojlanmagan (nenets, xanti, mansi tillari) va yozuvsiz yoki yozuvi endigina shakllanayotgan (vod, veps va boshqalar) tillar ham mavjud. Ural tillarini, ayniqsa, finugor tillarini oʻrganish qad. anʼanalarga ega. Vengriya, Finlyandiya, Rossiya Federatsiyasida, shuningdek, GFR, AQSH, Shvetsiya, Norvegiya, Fransiya va Yaponiyada ushbu tillarni oʻrganish boʻyicha yirik markazlar faoliyat koʻrsatmoqda.
 
== Adabiyot ==