Satira: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
'''Satira''' ([[Lotin tili|lotincha]]: satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir
Satirik anʼanalar [[Sharq]] xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa boʻlib qoʻshilgan va [[Sharq adabiyoti]] shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda "[[Ming bir kecha]]" zaminida, sanskritcha "[[Panchatantra]]", forscha xalq qissalari, turkumi, Nasriddin haqidagi turk va oʻzbek [[latifa]]lari asosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi) S. lar ham Sharqda koʻpdan mashhur. Uning gʻoyalari [[xitoy]] [[novella]]lari, [[fors]] [[adabiyot]]i [[ruboiy]]lari va [[hind]] [[qissa]]lari motivlari bilan sugʻorilgan. Rus adabiyotida N.V.Gogol, M.Ye. Saltikov-Shedrin va boshqalar S. ni yuksak bosqichga koʻtardilar. Oʻzbek adabiyotida S. ning ilk namunalari dastlab xalq ijodida (terma va aytishuvlar, [[Nasriddin Afandi]], Aldar koʻsa obrazlarida) yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan. [[Navoiy]], Turdi, Maxmur, [[Gulxaniy]], Hoziq, [[Muqimiy]], [[Zavqiy]]lar S. janrida ijod qildilar. S.ning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, Gʻozi Yunus, Soʻfizoda, [[Gʻafur Gʻulom]], [[Abdulla Qahhor]], [[Said Ahmad]], N.Aminov, S. Siyoyev va boshqa nomi bilan bogʻliq. S. tasviriy sanʼatda ham qadimdan maʼlum. [[Qadimgi Rim]], [[Xitoy]]da satirik terrakota haykallar, vazalarga satirik tasvirlar va boshqa ishlangan. Rassomlik sanʼati (jumladan, [[grafika]])da rivojlangan. F. Goyya, O. Domye, X. Bidstrup va boshqa rassomlar ijodi S. rivojida muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda S. taraqqiyotiga "[[Mushtum]]" jurnali, "Jangovar qalam", "OʻzTAG oynasi" katta hissa qoʻshgan.
|