Quturish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB)
k imloviy va uslubiy xatolarni tuzatdim
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Kengaytirilgan mobil rejim orqali
Qator 1:
'''Quturish''' — neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli [[zoonoz kasallik]]; [[tomir tortishishi]], [[Falaj|falajlik]], [[hiqildoq]] va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan maʼlum, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan (qarang [[Gidrofobiya]]). Fransuz olimi Lui Paster 19-XIX asrning 2-yarmida quturish kasalligiga qarshi [[Vaksinalar|vaksina]] kashf etdi, shu sababli quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster stansiyalari deb yuritila boshlandi. Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tishlaganidan soʻng vaqtida emlangan millionlab odamlar hayoti saqlanib qolindi. Qoʻzgʻatuvchisi quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa chidamli, muzlatilganda uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda, 3—5% li lizol, xloramin eritmalarida tez nobud boʻladi.
 
Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14—16 kun. Shundan keyin bezovtalik, yirtqichlik., xatti-harakatning oʻzgarishi, koʻp soʻlak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech narsa ichmay, yemay qoʻyadi. Soʻngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon oʻlib qoladi.
 
Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va boshqa jonivorlar tishlaganida, yoki soʻlagi teri yuzasiga tushgashiatushganida yuqadi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (oʻrtacha 20— 30 kun) davom etadi. Quturgan it boʻyin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni tishlaganda uzoqroq boʻladi.
 
Kasallik kechishida 3 davr kuzatiladi: darakchi davr — odatda kasallik asta-sekin boshlanadi, lohaslik, bosh ogʻrishi, biroz isitma koʻtarilishi kuzatiladi. Bemorning kay-iyatikayiyati oʻzgaradi, hech narsa yoqmay, yolgʻizlikni istaydi; ovqat yemaydi. Tishlangan joydagi yara bitib ketgan boʻlsa ham oʻsha sohada ogʻriq paydo boʻlishi muhim belgi hisoblanadi; qoʻzgʻolish (besaranjomlik) davri — nafas olish azobga aylanadi. Bemor jonsarak, behalovat boʻlib qoladi. Muskullari, xususan, yutqin va hiqildoq muskullari tirishadi; salgina shamol yoki bir oz taʼsirot tufayli xuruj takrorlanaveradi. Nafas olish qiyinlashadi, [[gidrofobiya]], [[aerofobiya]] alomatlari paydo boʻladi. Soʻlagi koʻp oqadi. Isitma koʻtariladi (39—40° gacha). Tirishish vaqtida nafas toʻxtab, kishi oʻlib qolishi ham mumkin; falajlanish davri — bunda muskullar falajlanib, bemor tinchib qoladi, lekin hushi saqlanadi. Falajlanish pastdan yuqoriga koʻtarilib boradi va yurak toʻxtashi, nafas markazi falajlanishi oqibatida oʻlim sodir boʻladi.
 
Q.ningQuturishning oldini olish uchun xonadonda boqiladigan itlar roʻyxatga olinishi va profilaktik tarzda quturishga qarshi emlanishi lozim. Odamni tishlagan it maʼlum boʻlsa, u veterinar nazoratida 10 kun ushlab turiladi. Agar u quturgan boʻlsa, shu muddat ichida oʻladi. It tishlagan odamga tibbiy yordam poliklinikalar qoshidagi [[travmatologiya]] punktida koʻrsatiladi. It tishlaganda darhol shu punktlarga murojaat qilish, ungacha tishlangan sohani darhol sovunlab yuvish va atrofiga yodning spirtli eritmasini surtish kerak. Hosil boʻlgan yara tikilmaydi. Iloji boricha ertaroq Q.gaquturishga qarshi kultural vaksina yuborishni boshlash kerak, shunda emlash boshlanganidan 2 hafta oʻtgach, immunitet paydo boʻlishi mumkin.
== Adabiyotlar ==
{{OʻzME}}