Sevgi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
M. Muhabbat
Tuzatildi: hissiy
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 3:
'''Sevgi''' yoki '''muhabbat''' — biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan intim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. Muhabbat tuygʻusining ulugʻvorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va maʼnaviy, shaxsiy va ijtimoiy, institutim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga toʻplanadi.
 
Ijtimoiy fikrlar tarixida M.ga turlicha maʼno berilgan. Yunonistonda M.ni kishilar va tabiat ustidan hukmronlik qiluvchi afsonaviy kuch deb tushunganlar, natijada M. xudosi — Erot (Eros) haqida tasavvurlar vujudga kelgan. Empedokl M. olamni — insonlar va tabiat hodisalarini uyushtirib, birlashtirib turuvchi omil deb qaragan, Platon M.ni 2 turga — missiyhissiy M. va aqliy M.ga ajratadi. Uning fikricha, hissiy M. tashqi goʻzallikni his qilishdan hosil boʻladi va M.ning quyi bosqichini tashkil etadi. Aqliy M. esa goʻzallikni keng maʼ-noda — axloqiy-estetik, ilmiy tushunishdan paydo boʻladi. U akliy (maʼnaviy) M.ni ustun qoʻyadi.
 
Oʻrta Osiyo mutafakkirlari ham M. masalasiga katta eʼtibor berganlar. Ular insonlar orasidagi, jumladan, erkak va ayol orasidagi M.ni yuksak munosabat deb tushunishgan. Ibn Sino M. haqida maxsus ilmiy asar yozgani maʼlum. Yusuf Xos Hojib nazarida, M. mustahkam oilaviy turmush, ijtimoiy takomilning zaminidir. Lutfiy fikricha, M. insonni qadrlash, sadoqat va vafodorlik bilan chambarchas bogʻliq.. Alisher Navoiy M.ni 3 turga: erkak bilan ayol nikohida amalga oshadigan jinsiy M.ga, umuman insonlar oʻrtasidagi munosabatlarda namoyon boʻladigan M.ga, Allohga boʻlgan M.ga ajratadi. Yevropada M. muhim ijtimoiy hissiyot sifatida tabiatni oʻrganishga, shaxsning garmonik takomiliga xizmat qiluvchi kuch sifatida talqin qilindi. 3. Freyd M.ni fiziologik instinkt deb billi va ota-onalik, farzandlik mehri ham shu instinktning ayrim koʻrinishi deb hisobladi.