Rembrandt: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Jotterbot (munozara | hissa)
k Bot Oʻchirdi: cs:Rembrandt
Tahrir izohi yoʻq
Qator 21:
| awards =
}}
'''Rembrandt Harmenszoon van Rijn''' ([[15 iyul]], [[1606]] – [[4 oktabr]], [[1669]]) [[gollandiya]]lik [[rassom]] va [[ofort]]chi boʻlgan. U [[Yevropa]] badiiy tasvir tarixidagi eng muhim musavvirlardan hisoblanadi.Golland san`atining eng gullagan davri XVII asr 40-60-yillariga to`g`ri keladi. Bu buyuk golland rassomi Rembrandt ijodida namoyon bo`ldi. Rembrandt golland san`atining yutuqlarini umumlashtirib, uni yangi yuksak pog`onaga ko`tardi. Uning ijodi teran, g`oyaviylik va chuqur mazmun, obrazlarining g`oyat mahorat bilan ishlanganligi bilan e`tiborni tortadi. Rembrandt o`z davri san`atkorlaridan asarlari mavzusining rang barangligi bilan ham, rang tasvir, gravyura (ofort) va qalam-suratda yuksak asarlar yarata olishi bilan o`zib ketdi. Rembrandt ijodining asosiy mavzusi-inson, hayoti, uning ichki manaviy dunyosi, his-tuyg`u va kechinmalarining rang-barangligidir. Uning qahramonlari kuchli irodaga ega, ma`naviy boy, og`ir shart-sharoitda ham insoniylik fazilatlarini saqlay oladigan shaxslardir. Rembrandt 1606-yili Leyden shahrida tegirmonchi oilasida tug`ilgan. Shu yerda lotin maktabini tugatgach, Leyden universitetiga qabul qilindi. Lekin Rembrandt u yerda 1-yilcha o`qidi xolos. Rassomlikka bo`lgan qiziqishi tufayli Yakov Svanenbyurx degan o`rtahol rassom ustaxonasida 3-yil, keyinroq esa Amsterdamda Piter Lastman ustaxonasida 1,5-yilcha tasviriyot asoslarini o`rgandi. So`ng rassom o`z shahriga qaytdi. 1625-yili Rembrant o`z ustaxonasini tashkil etdi. Uning ijodining dastlabki bosqichi 1632-yilgacha davom etgan. Bu yillarda rassom hayotiy, maishiy va diniy mavzularda asarlar yaratdi, portret ustida ishladi, avtoportretga e`tibor berdi. Uning o`sha davrlarda ishlangan asarlarida goh Lastman, goh qaravajochilar ta`siri seziladi. 20-yillar oxiri va 30-yillar boshlarida rassomning o`ziga xos dastxati paydo bo`la boshladi. Uning qahramonlar ma`naviy dunyosini ochishga intilishi orta boshlagan. Rassom nur-soya imkoniyati, rang surtmalarining ruhiy kuchiga alohida e`tibor qaratgan. Ular obrazning hajmli va fazoviy tasviriga xizmat qilibgina qolmay, balki asarning ta`sirchanligini ochirishda ham muhim vositaga aylangan. Uning bir figurali “Apostol Pavel” kompozitsiyalarida bu xususiyatlar ko`rinadi. Rassom bu yillarda, ayniqsa, avtoportret sohasida ko`p mehnat qildi. U inson mimikasi va uning kishi ichki dunyosi bilan aloqasini tushinib olishga harakat qildi. U ofort san`atida dastlabki mashqlarini boshlaydi. San`atkor 1632-yili Amsterdamga ko`chib keldi va tezda eng mashhur rassomga aylandi. Buyurtma ishlarining ko`payib borishi uning moddiy tomondan mustaqil bo`lib, atrofiga shogirdlarini to`plashiga imkoniyat yaratdi. Amsterdamlik bir boy zodagonning Saskiya ismli qiziga uylanishi uning moddiy jihatdan mustaqilligini yanada mustahkamladi. Rassomning bu yillarda yaratgan asarlari ko`tarinki ruhda ishlangan. U kompozitsiyalarini yorqin bo`yoqlarda tasvirlaydi. Qimmatbaho buyumlar, gul va billurlar, liboslar uning yaratgan asarlarga quvonch va shodlik tuyg`ularini bag`ishladi. Rembrandt qaylig`i Saskiyani gul va kimxob liboslarda tabiat va go`zallik ma`budasi Flora obrazida tasvirlaydi. Rassomning shu yillardagi baxtli damlarini uning «Saskiyani tizzasida olib o`tirgan holda ishlagan avtoportreti» (1636-yil) asari aks ettiradi. Rembrandtning Amsterdamda yaratgan dastlabki yirik asari «Doktor Tyulpning anatomiya darsi» (1632-yil) unga katta shuxrat keltirdi. Doktorni o`rab turgan vrachlar guruhini aks ettiruvchi bu asar kompozitsiyasi hayotiy chiqqan. Rassom tasvirlanuvchi har bir obrazning o`ziga hos qiyofasini yaratish bilan birga, ularning anatomiya darsi mashg`ulotlaridagi psixologik holatini ham ochishga ham muvaffaq bo`lgan. Tasvirlanuvchilar orasida dotor Tyulpning keng silueti va qo`lining erkin harakati ko`rsatilgan kompozitsiyani markazlashtirishga va hamma obrazlarning yagona g`oya atrofida birlashtirishga yordam bergan. Kompozitsiyaning yaxlit va tugal bo`lishida nur-soya ham muhim o`rin tutgan. Nur kompozitsiya markazini yanada aniq bo`lishiga, doktor Tyulp atrofidagilarning holat va xarakteri tabiiy bo`lishiga imkon bergan.
'''Rembrandt Harmenszoon van Rijn''' ([[15 iyul]], [[1606]] – [[4 oktabr]], [[1669]]) [[gollandiya]]lik [[rassom]] va [[ofort]]chi boʻlgan. U [[Yevropa]] badiiy tasvir tarixidagi eng muhim musavvirlardan hisoblanadi.
Rassom 1630-yilda grafika bilan jiddiy shug`ullana boshladi. Uning ofortlari Injil va Tavrotdan olingan syujetlarga ishlangan. Qalam suratlari ham o`zining nafis va yuksak mahorat bilan ishlanishi jihatidan ajralib turadi. Shu yillarda rassom ijodida realistik tamoyillar chuqurlashib borgani seziladi. Bu, ayniqsa, mifologiyadan olingan sujetga ishlangan “Danaya” suratida yaqqol namoyon bo`ladi. Inson qomati plastikasini, duhoba singari mayin ayol badani terisining go`zalligini rassom yuksak mahorat bilan tasvirlaydi.
1640-yillardan boshlab, Rembrandt ijodida yangi davr boshlandi va bu davr 1655-yilgacha davom etdi. Hayot haqiqatini to`liq ko`rsatishga intilish, psixologik masalalarga qiziqishning oshib borishi rassomning erkin uslubda ijod qilishiga va uni yirik, o`ziga hos uslubga ega ijodkor darajasiga ko`tarilishiga olib keldi. Rassom shu yillarda ijodiy kamolot cho`qqisini egallab, insoniylik g`oyalari bilan sug`orilgan chuqur falsafiy asarlar yaratishga erishdi (“Muqaddas oila” (1645-yil), “Deraza oldida turgan Xendrike” (1645-yil), “ Yan Siks portreti”). Shu yillardan rassom qalamsuratda ham ajoyib asarlar yaratdi. Biroq rassom hayotining so`ngi o`n yilini nihoyatda qashshoqlik va xorlikda o`tdi. Qarzlarini o`z vaqtida to`lay olmasligi tufayli o`zi yashab turgan joyini tashlab, kambag`allar yashaydigan kvartalga k`ochib o`tishga majbur bo`ldi. Bu yillarda uning o`gli Titus va ikkinchi xotini ham vafot etishdi. Shunday xorlik va zorlikda qolganida ham san`atkor “Sindiylar” (Sukno ishlab chiqarish sexining boshliqlari ), “Assur Omon va Esfir”, “Adashgan o`g`ilning qaytishi” (1669-yil) kabi yuksak mahorat bilan o`tkir psixologik asarlar yaratdi. “Adashgan o`g`ilning qaytishi” rassomning so`ngi yetuk asaridir. Bibliyadan olingan syujetga rassom ko`p murojaat qilgan. Mazkur mavzuda ofortlar ham ishlangan. Lekin uning rang tasvirdagi asarlari o`zining psixologizmi va insonparvarlik ruhiga yo`g`rilgani bilan ajralib turadi. Otasi oyog`iga yiqilgan og`il va uni otalik mehri bilan qarshilayotgan ota obrazi kishida chuqur his-hayajon uyg`otadi. Otaning o`z og`li qilmishlarini kechirib, unga mehr va achinish bilan boqishida rassom hayot yo`li nihohat mashaqqatli ekanligini zo`r mahorat bilan ochib beradi. Otaning qo`llari harakatida uning mehribonligi sezilib turadi. Aksincha, o`g`ilning yalangoyoq, kir, yirtilgan, juldur kiyimda tiz cho`kkan holatda tasvirlab, afsuslanishni aks ettiradi. Kompozitsiyada tasvirlangan boshqa ovrazlarning sokin, osoyishta, chuqur hayolga cho`kkan holatlari aniq ko`rsatilishi bo`layotgan voqea mazmunan to`liqroq his etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rembrandt qalamsurat va ofortchi sifatida ham mashhur. Uning ofortlari o`zining g`oyaviy yo`nalishi, yuksak mahoratni namoyon etishi jihatidan uning rangtasvirda yaratgan asarlari bilan bir qatorda turadi. U ofort san`atida kichik hajmli lirik planda ishlangan suratlarini ham, ko`p figurali maishiy janrdagi asarlarini ham yaratdi. Ofortda ishlangan portretlari ham uning ijodida alohida o`rin egallagan. Rembrandt ijodining ahamiyati Gollandiya uchun beqiyos bo`ldi. Rembrandt realizimining qudratli kuchi shu davr rassomlarini o`ziga jalb etadi. Keyingi san`at taraqqiyotida ham muhim rol o`ynadi.
 
{{bio-stub}}