Qusantina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Gibranist (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Infobox Shahar}}
'''Qusantina''' ({{lang-ar|قسنطينة}} ''Qusanṭīna''; {{lang-fr|Constantine}}) - — [[Jazoir]]ning shim.shimoliy-sharqiy qismidagi shahar. Qusantina viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Yirik savdo-sanoat markazi, don va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozori. Traktorsozlik, stanoksozlik zavodi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda qoʻlda gilam toʻqiladi, poyabzal va charmdan turli buyumlar tayyorlanadi.
 
Shaharga miloddan avvalgi 3-asrda asos solingan. Miloddan avvalgi 3-asr oxiri va 2-asrlarda Numidiylar qirolligi poytaxti boʻlgan va Sirta (Kirta) deb atalgan. Milodiy 311 yilda rimliklarga qarshi qoʻzgʻolonni bostirish vaqtida vayron qilingan. Shahar 313 yildan uni qayta tiklagan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atala boshlagan. 7-asrdan boshlab turli arab davlatlari tarkibida, 16-asrda turklar qoʻl ostiga oʻtdi. 1837-yilda Fransiya qoʻshinlari tomonidan egallandi. Shahar jazoirliklarning mustamlakachilikka qarshi ozodlik harakatlarining muhim markazlaridan boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid (11-asr), Madrasa va maqbaralar (18-asr), Ahmadboy saroyi (19-asr), universitet majmuasi (20-asr) va boshqa saqlangan. Badiiy hunarmandchilikning qad. markazi. Muzey bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>