Suriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Recruos (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Recruos (munozara | hissa)
Qator 36:
 
== Adabiyoti ==
Suriya xalqining ogʻzaki ijodida mil. av. 8–7-asrlar voqealarini eslatuvchi rivoyatlar uchraydi. Mil. 2–14-asrlar ga oid suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-asrdan arab tili rayem boʻla boshladi va 14-asrga kelib dunyoviy adabiyetdan suriya tilini surib chiqardi. Oʻrta asrlarda [[Abu Tammom]], Al-Buhturiy, [[Al-Mutanabbiy]], Abu Firos sheʼrlari va [[Abulʼalo al-MaariyMaarriy]]ning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-asrga kadar Suriya adabiyoti arab mumtoz adabiyoti anʼanalarini davom ettirdi. 19-asr oʻrtalaridan Livan bilan Falastinni oʻz ichiga olgan Suriya arab madaniy uygʻonish makonlaridan biri boʻldi [[Fransis Marrosh]], Rizqolloh Hassun, Abdurahmon al-Kavokibiy va Adib Ishoq bu harakatga bosh boʻldilar. Birinchi jahon urushidan keyin vatanparvarlik kayfiyatidagi adabiy kuchlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardambek, Salim al-Jundiy va boshqalar) Damashqdagi Arab akademiyasiga birlashib, arab adabiy merosini batafeil oʻrganish va ommalashtirishga kirihdilar. 20 yillarda realistik nasr (Subhi Ali Gʻanim, Sami alKiyoli, Fuad ashShaib, Shakib alJabri) yuzaga keldi. Xayriddin az-Zirikli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon al-Ahmad kabi shoirlar mustamlakachilikka qarshi, mustakillik uchun kurash ruhida sheʼrlar yozihdi. 1951-yil Suriya yozuvchilar uyushmasi tuzildi.
 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr adabiyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60 yillardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlikka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. Soʻnggi yillarda Isroilning arab mamlakatlariga bosqinini laʼnatlovchi sheʼrlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va nasriy asarlar ([[:ar:مطاع صفدي|Mutoʼ Safadiy]], [[:ar:زكريا تامر|Zakariyyo Tomir]]) yaratildi.