Pierre Deligne: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 27:
|vebsayt =
}}
'''Pierre Deligne''' ({{talaffuz|Pyer Delin}}) (1944-yil 3-oktabrda tugʻilgan) — belgiyalik [[matematik]]. Deligne 1973-yilda [[Weil gipotizasi]]ni toʻliq isbotlab, shuhrat qozongan. U 1978-yilgi [[Fields medali]]<ref>https://mathshistory.st-andrews.ac.uk/Biographies/Deligne/</ref>, 1988-yilgi [[Crafoord mukofoti]], 2008-yilgi [[Wolf matematika mukofoti|Wolf mukofoti]] va 2013-yilgi [[Abel mukofoti]] sovrindori<ref>https://www.ias.edu/scholars/deligne</ref>. Deligne Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofoti bilan taqdirlangan besh matematikning biridir ([[Jean-Pierre Serre]], [[John Milnor]], [[John Thompson]] hamda [[Grigoriy Margulis]] bilan bir qatorda).
 
Deligne [[Bruxelles]]da tugʻilgan, [[Bruxelles ozod universiteti]]da tahsil olgan<ref>https://brockhaus.de/ecs/enzy/article/deligne-pierre-rene</ref>. Deligne [[Alexander Grothendieck]] rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganidan soʻng, u bilan [[Parij]] yaqinidagi [[Ilmiy tadqiqot oliy instituti]]da ishlagan. 1968-yilda esa [[Jean-Pierre Serre]] bilan ishlagan. U, shuningdek, [[David Mumford]] bilan algebraik chiziqlar modullari fazolarini tasvirlash masalasi boʻyicha hamkorlik qilgan.