Lizosoma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Organelle diagram}}'''Lizosoma''' ({{lang-el|λύσις}} [lisis] - eritish, {{lang-el2|σώμα}} [soma] - tana) — [[hujayra]] organoidi, hujayra ichida oziq hazm boʻlishini taʼminlaydi. Zamburugʻlar va hayvonlar hujayrasida boʻladi. Shakli pufakchaga oʻxshash, bir membranali, diametri 0,2—0,8 mkm. Membranasi va matriksida 20 dan ortiq gidrolitik fermentlar (fosfataza, nukleazalar, katepsin, kollagenaza, glyukuronidaza, glyukozidaza va boshqalar) bor. Fermentlari kuchsiz kislotali muhitda faol. Hujayrada oʻnlab L.Lizosoma bor. Golji apparatida hosil boʻladi. Dastlab fermentlari passiv boʻlib, bir-lamchi L.Lizosoma endotsitoz pufakchalar (fagosomalar) bilan qoʻshilgach, ularning fermentlari faollashadi va yutilgan oziq moddalar hazm boʻla boshlaydi, yaʼni ikkilamchi L.Lizosoma — hazm vakuollari shakllanadi. L.Lizosoma-hujayraning oʻzini hazm qiladigan boʻlsa (avtoliz) avtofagirlovchi vakuollar (avtofagosomalar, sitolizosomalar) deyiladi. L.Lizosoma yaxlit hujayra yoki hujayra oraligʻi moddalarini chiqarib tashlash (itbaliqlar dumining soʻrilib ketishi, togʻay oʻrnida suyak hosil boʻlishi, yalligʻlangan joydagi toʻqimalarning yemirilishi)da ham ishtirok etishi mumkin. Ikkilamchi L.lardaLizosomalarda oziq moddalarning chala parchalanib, qoldiq moddalarning toʻplanib borishi hujayraning qariganligini koʻrsatadi. Oʻsimlik hujayrasida L.larLizosomalar topilmagan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==