Etnografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Xatolar toʻgʻrilandi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Etnografiya''' (grekcha: etno...- xalq va ... grafiya - yozaaman), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha xalqlarning, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi. E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogliq holda oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va maʼnaviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.
 
Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo boʻlgan boʻlsada, lekin mustaqil fan sifatida 19-asrning oʻrtalarida shakllanib boʻldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va 1808-yilda maxsus jur.lar shu nom bilan chiqa boshlagan. E. soʻzi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari kongressida alohida fan sifatida qabul qilingan (1839).
Qator 7:
Mazkur fanlarning oʻzaro bogʻliqligi tufayli keyingi yillarda qoʻshaloq ilmiy sohalar ham yuzaga keldi, mas, etnik antropologiya, paleoetnografiya, etnolingvistika va boshqalar Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda oʻtkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada — etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi oʻsimliklarni ekib oʻstirish yoki yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi oʻziga xos turmush xususiyatlariga ega elatlarning xoʻjalik xususiyatlarini anikdashda E. bilan hamkorlikda etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi sohalar faoliyat koʻrsatmoqda.
 
Xalqlarni oʻrganishda E. fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalardan va usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish yoʻli bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan, N.N.MikluxoMaklayMikluxo Maklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda, ayrim mavsumlarda oʻtkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli boʻlib, hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi.
 
Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat yoʻli bilan yozma yoki magnitofon orqali maʼlumotlar toʻplash, muayyan maishiymadaniy turmush hodisalari, oilanikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va oʻyinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy oʻrganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qoʻllaniladi. Maʼnaviy madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa, ayrim urf-odat va marosimlar, xalq oʻyinlari, ibodat, milliy raqslar) zamonaviy texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng foydalaniladi.
Qator 23:
Shuningdek, ispan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning asarida, rus solnomalarida, mashhur sayyoh Marko Poloning sayohatnomasida ham muhim maʼlumotlar jamlangan.
 
BoburnshttZ.M. Boburning "Boburnoma" asarida Movarounnahr va qoʻshni mamlakatlarda yashagan elatlarning etnik tarkibi va tarixi, urf-odati va marosimlari madaniyati va maishiy turmushi haqida, GulbadanbegimshshtGulbadanbegimning "Humoyunnoma" nomli tarixiybiografik asarida Toshkent va Andijondan to Qashqar va Hind okeani boʻylarigacha qanday shaharlar, viloyatlar borligi, ularning aholisi haqida maʼlumotlar keltirilgan.
 
Oʻrta asrlar ilmiy merosi boʻlgan Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomai shohiy"), Maʼsud ibn Koʻhistoniyning "Tarixi Abulxayrxoniy", Kamoliddin Binoiyning "[[Shayboniynoma (Kamoliddin Binoiy)|Shayboniynoma]]", Fazlulloh Roʻzbehonning "Mehmonnomai Buxoro", Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" Kabi asarlarida qimmatli tarixiyetn. maʼlumotlar bor.