48 929
ta tahrir
{{stub → {{animal-stub |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 3:
Suvda va quruqlikda yashovchilar yuqori devon davrida qadimgi [[panja qanotli baliqlar]]dan kelib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar ([[amniotalar|amniotlar]]) oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydi. [[Stegotsefallar]] deb atalgan qadimgi Suvda va quruqlikda yashovchilar bosh qutisi skeleti 1 m gacha boʻlgan. Ular [[karbon]]ning oʻrtalarigacha quruklikda yashovchi yagona umurtqalilar boʻlgan. Karbon davri oxiridan boshlab quruqlikda sudralib yuruvchilar hukmronlik qila boshlagan. Hozirgi sudralib yuruvchilar yura davridan maʼlum.
Hozir Suvda va quruqlikda yashovchilar tanasi uzunligi 2—3 sm dan 1,8 m gacha. Terisi yumshoq va yupqa boʻlib, shilimshiq bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan doimo hoʻllanib turadi. Teri gaz va suv almashinuvi vazifasini ham bajaradi. Terining bu xususiyati ularning quruklik muhitiga toʻliq moslanishiga imkon bermagan. Bir qancha turlari terisida zaharli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlar ham boʻladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar hrz. quruqlikda yashovchi umurtqalilar orasida eng sodda tuzilgan boʻlib, skeletida togʻaylar koʻp. Oldingi oyokdari, odatda 4 barmokli, keyingisi — 5 barmokli. Dumli Suvda va quruqlikda yashovchilardan sirenlarning keyingi oyoqlari, oyoqsizlarning ikkala juft oyoqlari, koʻkrak qafasi boʻlmaydi; ogʻiz boʻshligʻi tubidagi muskullarning qisqarishi tufayli havo oʻpkaga oʻtadi. Ayrim [[salamandrasimonlar|salamandralar]]da oʻpka boʻlmaydi. Miyacha kuchsiz rivojlangan. Dumsiz Suvda va quruqlikda yashovchilarda oʻrta quloq va nogʻora pardasi rivojlangan. Yuragi 3 kamerali, oʻpkasiz Suvda va quruqlikda yashovchilar yuragi 2 kamerali. Chal yurak boʻlmasiga arteriya qoni, oʻng yurak boʻlmasiga vena qoni va teridan arteriya qoni keladi. Arteriya va vena qoni yurak qorinchasida aralashib ketadi. Gavdadagi boshdan
Ochil Mavlonov.
|