Shashmaqom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shashmaqom''' ({{l6e|uz|shashmaqom|tg|шашмақом|fa|شش‌مقام}}) — Tojik, oʻzbek, qoraqalpoq va Buxoro yahudiy xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shart-sharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiy-ijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Sh. milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.
 
Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni 12 asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyi jrochilik faoliyatida Sh. uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar Sh. taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan '''amal, '''kor''', '''naqsh''', '''peshrav''', '''savt''', '''tarona''', '''qavl''' kabi janrlarning noyob namunalari Sh. tarkibida bizgacha yetib keldi.