Italiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qoʻlda qaytarildi
Qator 3:
'''Italiya''' (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) – Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Maydon 301,2 ming km{{sup|2}}. Aholisi 60,92 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jixatdan 20 viloyat (regione)ra boʻlinadi. Poytaxti – [[Rim]] shahar.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20I%20harfi.pdf I-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
#== Davlat tuzumi ==
 
Italiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947-yil 22-dekabrda qabul qilingan va 1948-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi – prezident (1999-yil maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.